Tarixi

“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi mudiri,

texnika fanlari doktori, professor, O‘z R FA akademigi

Mirsaidov Mirziyod

Теl.: +99871-237-09-81

Email: m.mirsaidov@tiiame.uz

 


“Nazariy va kurilish mexanikasi” kafedrasining  tarixi uzoq 1923 yilga borib taqaladi, chunki shu yili Turkiston universiteti birinchi bo‘lib, 16 ta gidrotexnik-injenerlar tayerlashga muvofiq bo‘lgan.  Shu davrda kafedra xodimlari qishloq va suv xo‘jaligi injenerlari uchun 3 ta fandan, ya'ni materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi va elastiklik nazariyasi fanlaridan darslar olib borganlar.  “Qurilish mexanikasi” kafedrasiga birinchi bo‘lib, ko‘priklar qurilishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis, 1911 yilda Peterburgdagi temir yo‘llar institutini tugatgan temir yo‘l muhandisi Juvalь Kazimir Frantsevich mudirlik qilgan. Juvalь Kazimir Frantsevich chuqur bilim va boy tajribaga ega bo‘lib, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlaridan sodda va ravon tilda yukori saviyada  ma'ruzalar o‘qigan. Unga 1933 yilda professor unvoni berilgan. Professor K.F. Juvaldan keyin to 1932 yilgachan  kafedrani  ishlab chiqarishda qurilish mexanikasi va temir beton konstruktsiyalari bo‘yicha boy tajriba orttirgan, Leningradning temir yo‘llar institutini 1924 yilda tugatgan yosh mutaxassis Semyon Makarovich Suxanov boshqargan.   U kishi ochiq ko‘ngilligi tufayli talabalar bilan tez  til topishib,    o‘qigan ma'ruzalarini tushunarli va qiziqarli o‘tar edi. S. M. Suxanovni tanigan odamlar va shogirdlari hozirgacha o‘zlarining sevimli ustozi va yaqin do‘sti sifatida eslaydilar.  1932-1946 yillarda kafedraga temir yo‘l qurilishi muhandisi Konstantin Trofimovich Venediktov mudirlik qilgan. Uning o‘qituvchilik faoliyati 1932 yilda O‘rta Osiyo sanoat institutida «Qurilish mexanikasi» fanidan  dars berishdan boshlangan bo‘lib, keyinchalik  esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  institutida  "Qurilish mexanikasi» kafedrasini boshqargan. U kishi 1948 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. K.T. Venediktov professor S. M. Suxanovning pedagogik an'analarini davom ettirib, uning o‘qigan ma'ruzalari ham o‘zining tushunarliligi, mantiqliligi va aniqliligi bilan ajralib turgan.   1959-1976 yillarda dotsent Ivan Ignatevich Gribanov kafedraning to‘rtinchi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.  Uning rahbarligida "Qurilish mexanikasi" kafedrasi o‘z taraqqiyotini davom ettirdi. Bu davrda o‘qituvchilar soni ortib, ish sifati yaxshilandi, darslar mazmuni ancha chuqurlashgan. Ivan Ignatьevich kafedra qoshida materialarni sinash laboratoriyasini tashkil etishga ko‘p kuch sarfladi. U kishining g‘ayrati tufayli kafedra jamoasining ilmiy ishlari jonlangan va o‘quv jarayoni yaxshilangan. 1976-1980 yillarda kafedraga dotsent Vladimir Nikolayevich Frolov mudirlik  qilgan. U 1958 yili Toshkent temir yo‘l transporti institutini tamomlab, ishlab chiqarishda ancha amaliy tajriba orttirgan injener edi. U kafedraga 1961 yilda assistent lavozimiga ishga kelib, I.I.Gribanov boshchiligida ilmiy ish boshlab, 1968 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga erishgan.  1980-1991 yillarda dotsent Abdulla Ostonovich Qurbonov kafedraga mudirlik qilgan. U 1970 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Gidromelioratsiya fakulьtetini tugatib, kafedrada assistent lavozimida ish boshlagan. 1973-1975 yillarda Sobiq Ittifoq "VODGEO"- Butunittifoq ilmiy tekshirish institutining "Gidrotexnika inshootlari" laboratoriyasida aspiranturani o‘tagan. A. O. Qurbonov kafedraning metodik ishlarini, xodimlarning ish sharoitini yaxshilash yo‘lida ko‘p ishlarni amalga oshirgan.  “Nazariy mexanika” kafedrasi esa institutda 1946 yilda tashkil qilingan bo‘lib, bu kafedraga 1949 yilgacha dotsent N.A.Salarov, 1949-1968 yillarda dotsent M.G.Klebanskiy, 1968-1978 yillarda dotsent D.G.Mavlonova, 1978-1989 yillarda dotsent L.I.Tolipova, U.Mambetov, 1989 - 1997 yillarda professor Q.Latipov va  1997-2000 yillarda professor  G‘.Sh.Zokirovlar rahbarlik qilishgan.  2000-2004 yillarda «Nazariy mexanika» kafedrasiga dotsent Q.Xusanov mudirlik qilgan.   1991 yilda "Qurilish mexanikasi" kafedrasiga texnika fanlari doktori, professor Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich mudir etib saylanib, to hozirgi kungacha «Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasiga mudirlik qilib kelmoqda. M.Mirsaidov  1971 yilda Toshkent politexnika institutini injener-mexanik ixtisosligi, 1986 yilda Toshkent Davlat universitetini matematika ixtisosligi bo‘yicha tugatgan.  1971 yilda o‘zining mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida muhandislik  lavozimidan boshlab, shu institutda laboratoriya mudiri lavozimigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tgan. 1973-1976 yillarda Moskva elektron mashinasozlik institutining «Mexanika» kafedrasida aspriranturada o‘qib, shu institut qoshidagi Ilmiy kengashda 1976 yilda  “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini olishi uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1986 yilda shu ixtisoslik bo‘yicha Sobik Ittifoq  fanlari Akademiyasining Sibirь bo‘limi (Novosibirsk sh.) Prezidiumi qoshidagi Ilmiy Kengashda shu ixtisoslik buyicha texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. M.Mirsaidov 1991 yilda professor unvonini olgan, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi  FA akademigi etib  saylangan. M.Mirsaidov “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” va “Inshootlar dinamikasi” sohalarining nazariyasi va amaliyotiga salmoqli hissa qo‘shgan o‘z ilmiy maktabiga ega bo‘lgan taniqli olimlardan biri hisoblanadi. M.Mirsaidov va shogirdlari tomonidan ”Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” va “Gidrotexnika inshootlar dinamikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan nazariya va uslublar mexanika fanida katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan  ko‘p istiqbolli yangi ilmiy yo‘nalishlarning  asosini tashkil qiladi.  M.Mirsaidovning ilmiy rahbarligida 17 ta fan nomzodi, 4 ta fan doktori tayyorlangan va ular hozirgi kunda Respublikamizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.  Shu bilan birga M.Mirsaidov o‘z shogirdlari bilan birga 7 ta monografiya, 17 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 400 dan ortiq maqolalar chop qilib 40 dan ortiq avtorlik guvohnomalarining muallifi xisoblanadi. Kafedrada olib borilgan ilmiy ish natijalari bo‘yicha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chet ellarda (AQSh, Yaponiya, Singapur, Italiya, Avstriya, Vьetnam, Braziliya, Portugaliya, Xorvatiya, Serbiya, Rossiya, Ukraina davlatlarida) impakt faktori yuqori bo‘lgan jurnallarda, Scopus bazasi ro‘yxatiga kirgan konferentsiya materiallarida ingliz tilida chop qilingan. Chop qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning 3 tasi har xil yillarda Respublikada “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi o‘quv qo‘llanma” deb tan olingan. 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar Qozog‘iston Respublikasida qozoq tiliga tarjima qilingan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar kafedrada chop qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalarga kiritilgan. “Nazariy va qurilish mexanikasi» kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan  doimiy ravishda  davlat byudjeti va grantlar asosida fundamental va amaliy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy tadkikot ishlari bajarib kelinmokda.  Hozirgi kunda kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan, 2022-2023 yilllarda bajarilishi belgilangan №29/2022-sonli “Gruntli to‘g‘onlarning zilzilabardoshligini to‘g‘on tanasi bo‘yicha tarqaladigan noturg‘un  filьtratsiya jarayonini hisobga olgan holda baholash” mavzusidagi amaliy,  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuzilgan, 2021-2026 yilarda bajarilishi belgilangan №FZ-20200929327-sonli “Gruntning namlanganlik va chiziqsiz filьtratsiyani hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usulini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental  grant loyihalar buyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmokda. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab kafedra qoshida “Mexanika va matematik modellashtirish” bakalavriatura yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash boshlandi. 2021 yilda kafedra yangi ilmiy va o‘quv laboratoriya jihozlarini olib ishga tushirishdi. Shu bilan birga kafedra qoshida “Mexanika va matematik modellashtirish” nomli zamonaviy kompьyuterlar va axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasi tashkil qilindi. Kafedraning shu darajaga yetishida, ya'ni mustaqil Respublikamiz uchun yetuk injener, bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlashda kafedrada uzoq vaqtlar davomida quyidagi  o‘qituvchilar, ya'ni professor  V.N.Punagin va dotsentlar A.M.Godovannikov, V.N.Frolov, K.Yu.Yusupov, V.N.Manin, D.G.Mavlonova, L.I.Boymurodova, M.Karimova, B. Atajanov, I.Shulьgina, N.V.Xasanovalar, katta o‘qituvchilar A.A.Tolkodubova, L.I.Osipova, L.X. Mamasheva, F.M.Gaynulina, N.P. Kuzьmina, K.I.Malыshev, G.V.Broun, M.R. Mansurova, F.Ziyaevlar va assistentlar T. P. Kotova, I.A.Shalь fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilishganini alohida ta'kidlab o‘tishni lozim deb hisoblaymiz.  Hozirgi kunda kafedrada t.f.d., prof. T.M.Mavlonov, t.f.d., prof T.Z.Sultanov, f.-m.f.d., prof. K.S.Sultanov, t.f.d., prof. A.A.Abduvaliyev, f.-m.f.n, dots. Q.Xusanov, PhD, dots.B.Sh.Yuldoshev, t.f.n., dots. Sh.Xudoynazarov, f.-m.f.n., dots. A.N.Ishmatov, dots. E.S.Toshmatov, dots. J.A.Yarashov, k.o‘q. B.Urinov, ass. I.Hazratqulovlar bakalavr va magistrlarni tayyorlashda faol mehnat qilib kelishmoqda.   2021 yilda kafedraning 2 ta o‘kituvchisi J.Yarashev va E.Toshmatovlar PhD ilmiy darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Hozirgi kunda kafedra qoshida 7 ta tayanch doktorantlar (D.Jurayev, Q.Turajonov, S.Xamidov, Z.Urazmuxamedova, O. Vafoyeva, A. Nu'monov, M. Berdiyevlar) PhD dissertatsiyalari ustida ilmiy ish olib borishmokdalar.  2022 yilda GTQ fakulьteti 207-guruh talabasi Abdusaliyev Berik “Materiallar qarshiligi” fani bo‘yicha Turkmanistonda o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada faxrli 3-o‘rinni egalladi. Kafedrada f-m.f.n., dots. Q.Xusanov rahbarligida “Yosh mexaniklar” hamda  dots. E.Toshmatov va tayanch doktorant Z.Urozmuxammedovalar rahbarliklarida “Yosh dasturchilar” tugaraklari ishlab turibdi.  Dots. Q.Xusanov rahbarligidagi “Yosh mexaniklar” tugaragida universitetning QXM, GTQ, GIM, GM fakulьtetlarining iqtidorli talabalariga mexanikaning asosiy tushunchalari, mashina-mexanizmlar turlari, mexanik o‘zaro ta'sir, mexanizmlarning ishlash printsiplari va boshqa har xil mavzularda amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. “Yosh dasturchilar” tugaragida “Mexanika va matematik modellashtirish” ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan mexanika masalalarini  zamonaviy litsenziyali kompleks “ANSYS” va “Workbench” EHM dasturlari yordamida hisoblash usullarini o‘rganishlari uchun “Mexanika va matematik modellashtirish” nomli zamonaviy kompьyuterlar va axborot-kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonasida haftaning har chorshanba va juma kunlari qo‘shimcha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.


Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars   Dasturlar 

Dars jadvali Aloqalar