Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar
«Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar»
kafedrasi mudiri t.f.d, professor
Bozorov Dilshod Rayimovich
Tel: +99871-237-79-57
E-mai: d.bazarov@tiiame.uz
«Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar» kafedrasi 1934 yilda Gidromelioratsiya fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Hozirgi kunda esa «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tarkibida o‘z faolyatini yuritmoqda.
Kafedra tashkil qilingandan so‘ng unga: 1934-1969 yillarda T.A.Kolpakova; 1969-1985 yillarda S.K.Pereverzev, 1986-1999 va 2005-2010 yillarda B.R.Uralov; 1999-2004 yillarda va 2010-2018 yillarda T.Sh.Majidov; 2018 yil apreldan dekabrgacha E.K.Kan boshqargan. 2018 yil dekabrdan hozirgi vaqtgacha texnika fanlar doktori, professor, D.R.Bazarov boshqarib kelmoqda.
Nasos stansiyalari hamda kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun malakali mutaxassislarni tayorlashda: professorlar — D.Y.Sokolov, V.I.Gromov, E.J.Maxmudov O.Y.Glovaskiy; dotsentlar — T.A.Kolpakova, S.K.Pereverzev, S.Saidxodjaev, V.A.Baranov, V.I.Stratonov, V.P.Sudakov, Y.G.Ivanenko, R.R.Abduraupov, T.Sh.Majidov, V.A.Zenkova, R.A.Usmanov, B.M.Obidov, N.R.Raxmatov, T.N.Tursunov, N.Ikromov; katta o’qituvchilar — A.M.Motorin, K.V.Stupakov, Y.A.Sosedko, N.I.Goroshkova, A.S.Badalov; assistetlar — A.A.Aun, A. Askarov, V.S.Voronov, laboratoriya mudirlari — V.F.Antoninov, I.A.Yashin o‘z hisalarini qo‘shgan.
Hozirda kafedrada: professorlar — D.R.Bazarov, R.R.Ergashev B.R.Uralov, N.I.Vatin; dotsentlar — E.K.Kan, F.Sh.Shaazizov, B.E.Norqulov, F.Q.Artikbekova; katta o’qituvchilar — A.I.Azimov, A.A.Shadmanov; assistetlar — G.S.Teplova, B.N.Shodiyev, O.F.Vohidov, J.I.Rashidov, N.Ismailov; L.A.Mahsudova; laboratoriya mudirlari — B.Jo‘rayev faolyat olib bormoqda.
Kafedra olimlaridan T.A.Kolpakova, S.K.Pereverzev hamda V.P.Sudakov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator», A.S.Saidxodjaev «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi» va D.R.Bazarov "O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi", “Gidroenergitika iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda kafedradagi 16 nafar professor-o‘qituvchilar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11 ta fandan va magistratura mutaxassisliklarida 10 ta fandan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Kafedra laboratoriyasiga 13 dona o‘quv va 4 dona ilmiy-tekshirish qurilmalari, 3 dona mashinali sug‘orish tizimi va nasos qurilmasining nusxasi, gidroelektrostansiyalar qisimlari, noan’anaviy energiya manbalari (quyosh panellari, quyosh kollektori), nasos qurilmasini ishga tushurish uskunalari, turli gidroenergetik qurilmalar va gidromashinalarning model va stentlari qo‘yilgan.
Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar