Tarixi
1946-yilda birinchi ayol-irrigator T.A.Kolpakova tashabbusi bilan «Kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurish» fakulteti tashkil etilgan va keyinchalik «Gidrotexnika qurilishi», «Daryodagi gidrotexnika inshootlari va GES qurilishi», 1991-1996-yillarda “Suv xo‘jaligi qurilishi”, 1996-2004-yillarda «Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish», 2004-2015-yillarda “Gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakulteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi va fakultetga “Gidrotexnika qurilishi” nomi berildi. O‘tgan vaqt davomida fakultet faolyatiga dotsentlar L.I.Antonova, P.B.Arakelov, professorlar M.R.Bakiyev, A.A.Yangiyev, T.Z.Sultonov rahbarlik qilishgan. 2012-yil yanvardan boshlab fakultet dekani lavozimida professor B.B.Hasanov faolyat yuritmoqda. Respublikamiz va Sobiq Ittifoq Respublikalari xalq xo‘jaligi, shu jumladan suv xo‘jaligi qurilishi va energetika tizimi uchun fakultet 77 yillik faoliyati davrida 7000 ga yaqin, chet mamlakatlar uchun 100 dan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Fakultet bitiruvchilari Sayano-Shushinsk, Bratsk, Toktog‘ul, Nurek, Ust-Ilimsk, Chorvoq gidroeloktrostansiyalari, Andijon, Tolimarjon, Hisorak suv omborlari, Tuya-Mo‘yin, To‘polon gidrouzellari qurilishlarida ishlab-chiqarish amaliyotlarini o‘tishgan. Hozirda ular yuqorida keltirilgan ob’ektlarda va respublikamizning boshqa suv xo‘jaligi hamda gidroenergetika tizimi ob’ektlarida, yirik gidrotexnik inshootlarni ekspluatatsiya qilishda, havza boshqarmalarida, suv xo‘jaligi qurilishi tashkilotlarida, viloyatlar nasos stansiyalari boshqarmalarida faoliyat yuritishmoqda. 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab fakultetda ishlab chiqarish amaliyotlarini suv xo’jaligi va gidroenergetika sohalarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarida va qurilish ob’yektlarida kichik guruxlarda va “Yosh bunyodkorlar” xalqaro talabalar qurilish jamoalarini tashkil etgan holda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan fakultet talabalari Respublikadagi yirik va noyob qurilishlarda “To‘polang suv ombori va GES qurilishi”, “Pskom GES qurilishi”, “Quyi Chotqol GES qurilishi” ob’yektlarida ishlab chiqarish amaliyotlarida bo‘lishdi.
Bilim va ta’lim sohalari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 42-sonli qarori bilan institutga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti nomi berildi va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tarkibidagi “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari”, “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar”, “Mexanika va kompyuterli modellashtirish”, “Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi”, “Muhandislik grafikasi va diyazn nazariyasi” nomli kafedralarda 700 000-bilim sohasida “Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari” bo‘yicha, “Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo’nalishida va “Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida)”, “Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi” magistratura mutaxassisliklarida hamda “Gidroenergetika” ta’lim yo‘nalishida; 800 000-bilim sohasida “Qishloq, o‘rmon, baliq xo’jaligi va veterinariya”bo‘yicha “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, “Irrigasiya tizimlarida gidroenergetika ob’yektlari” bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida hamda “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi”, “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi”, “GES qurilishi va ulardan foydalanish” magistratura mutaxassisliklarida; 500 000-bilim sohasida “Tabiiy fanlar, matematika va statistika” bo‘yicha “Mexanika va matematik modellashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida; 100 000-bilim sohasida “Ta’lim” bo’yicha “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Ilmiy tadqiqot ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda “Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash va xafsizligini ta’minlash asoslarini ishlab chiqish” nomli umumiy mavzuda kafedralarda grant mablag’lari, xo’jalik shartnomalari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot ishlari bajariladi: “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstrutsiyalari” kafedrasida “Gidrotexnika inshootlari konstrutsiyalarini hisoblash va loyihalsh usullarini takomillashtirish hamda ishonchli va xavfsiz foydalanish asoslarini raqamli texnologiyalarni qo’llab ishlab chiqish”; “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedasida “Respublikadagi gidrotexnik ob’yetlar, yirik va o‘rta nasos stansiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, resurstejamkor texnologiyalarni tadbiq qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish”; “Mexanika va kompyuterli modellashtirish” kafedrasida “Guruntning namligini va chiziqsiz filtratsiyani hisobga olgan holda gruntli to’g’onlarning mustahkamligini, ishonchliligini baholash nazariyasi va usulini ishlab chiqish”; “Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi” kafedrasida “O‘qqa nisbatan simmetrik beton buyumlar texnologiyasini nazariy va eksperimental asoslash”; “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasida “Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda geometrik modellashtirish usullarini qo’llash”.
Xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazish natijalari
2019-yil аprеldа Milliy tаdqiqоtlаr Mоskvа Dаvlаt qurilish univеrsitеti bilаn hаmkоrlikdа o‘tkаzilgаn FORM-2019 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 41 tа, 2020-yil аprеldа Buyuk Pyotr nоmidаgi Sаnkt-Pеtеrburg Pоlitехnikа Univеrsitеti bilаn hаmkоrlikdа o‘tkаzilgаn CONMECHYDRO – 2020 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 175 tа, 2020-yil sеntyabrdа Vеtnаmdа Mоskvа Dаvlаt qurilishi univеrsitеti bilаn hаmkоrlikdа o‘tkаzilgаn FORM-2020 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 44 tа, 2020-yil nоyabrdа Mоskvа Dаvlаt qurilish univеrsitеti bilаn hаmkоrlikdа o’tkаzilgаn IPICSE-2020 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 54 tа, 2021-yil sеntyabrdа o’tkаzilgаn CONMECHYDRO-2021 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 87 tа, CONMECHYDRO-2022 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 110 tа, CONMECHYDRO-2023 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 117 ta, FORM-2023 хаlqаrо ilmiy kоnfеrеnsiyadа 55 tа, jаmi univеrsitеt bo’yichа 700 gа yaqin ilmiy mаqоlаlаr Scopus rеyting bаzаsidа ro‘yхаtdаn o‘tgаn nаshriyotlаrdа chоp ettirildi.
Xorijiy hamkor tashkilotlar va universitetlar
Germaniyaning “Eberswalde Universiteti” va “Berlin texnika universiteti”, Avstriyaning “Felder Group” kompaniyasi va “Vena texnika universiteti”, Xitoyning “Hohai universiteti” va “Shenzhen technology university” Rossiyaning “Milliy tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti” va “Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti”, Belarusiyaning “Belarusiya milliy texnika universiteti” va “Belarusiya davlat agrar-texnik universiteti”, Qozog‘istonning “M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston davlat univetsiteti”
Mahalliy hamkor tashkilotlar va universitetlar
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jali vazirligi tarkibidagi tashkilotlar va ishlab chiqarish korhonalari, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy komunal xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlar va ishlab chiqarish korhonalari, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari, “Gidroproekt” aksiyadorlik jamiyati, “UzGIP” va “O‘zsuvloyiha” loyiha institutlari, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspektsiyasi, “O‘z FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti”, “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”, “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti”, “Toshkent davlat transport universiteti”.