Tarixi
Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi kafedra mudiri
Hasanov Baxridin Baratovich
texnika fanlari doktori, professor,
Tel.: +99871-237-19-97
Email: b.hasanov@tiiame.uz
Kafedra 1929 yilda «O‘rta Osiyo irrigatsiya va suv xo‘jaligi instituti» («Sredne Aziatskiy institut irrigatsii i vodnogo xozyaystva» SAIIVX) tarkibida «Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalashtirish» keyinchalik «Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi» nomi bilan tashkil etilgan. 1929-1945 yillarda prof. V.V. Apolosov, 1945-1966 yillarda prof. Ye.G.Pospelov, 1966-1982 yillarda prof. A.G.Ostankov, 1982-1989 yillarda dos. A.M.Valijonov, 1989-1993 yillarda dos. P.U.Aliqulov, 1993-1999 yillarda dos. N.R.Rahmatov mudirlik qilgan. 1999 yil apreldan 2004 yil sentyabrgacha kafedra faoliyatiga texnika fanlari doktori, professor Hasanov Baxriddin Baratovich, 2004-2012 yillarda dotsent Davranov G‘.T. rahbarlik qildi. 2012-2019 yillarda kafedra mudiri lavozimida dotsent L.X.Irmuxamedova faoliyat ko‘rsatgan. Kafedrada professorlar: Ye.F.Bulaevskiy, V.S.Shuvaev, A.G.Ostankov, dotsentlar: E.G.Travin, M.M.Shapshal, Z.I.Shvab, K.K.Shubladze, E.M.Ostrovskiy, B.B.Korjavin, A.Ya.Sayganov, katta o‘qituvchilar: A.N.Markanov, V.A.Marxlevskiy, N.V.Rahimova faoliyat ko‘rsatdilar. N.P.Kiselev, L.A.Gavrilenko, P.A.Ostankov, B.B.Xasanov uzoq yillar davomida samarali mehnat qilishdi. Ilmiy-taqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish sohasida kafedrada o‘ziga xos tajriba mavjud bo‘lib, Katta Farg‘ona kanali qurilishi va Mirzacho‘lni o‘zlashtirishdan boshlab hozirgi davrgacha kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy yechimlarini xalq xo‘jaligiga tadbiq qilishni davom ettirib kelmoqdalar. Professor V.F.Bulaevskiy rahbarligida Farg‘ona kanalida suvning tuproqqa shimilib isrof bo‘lishining oldini olish uchun uni quyma beton bilan qoplash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Olimlar B.B.Korjavin va N.V.Marxlevskiy 1970-yillarda grunt to‘g‘onlarni O‘zbekiston sharoitida «Gidromexanizatsiya» usuli bilan qurish texnologiyasi va uskunalarini yaratib, ishlab chiqarishga tadbiq qilganlar. N.P.Kiselev va P.A.Ostankov beton ishlari sohasidagi ilmiy ishlari natijalarini Qarshi magistral kanali, xo‘jaliklararo kanallar va xo‘jaliklar ichki sug‘orish tarmoqlari qurilishida qo‘lladilar. Dotsent A.Ya.Sayganov va aspirant B.B.Hasanov 1980-1986 yillarda sug‘orish va zax qochirish tarmoqlari qurilishi uchun mo‘ljallangan armaturasiz beton quvurlar tayyorlashning yangi texnologiyasi va uskunasini yaratib, ishlab chiqarishga tadbiq etganlar. Professor A.G.Ostankov va assistent A.R.Muratov 1980-1990 yillarda Gidromeliorativ qurilish uchun yig‘ma temir-beton buyumlarni tayyorlash texnologiyasini yaratganlar. 1991-2011 yillarda ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar natijalari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta monografiya, 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 150 dan ortiq ilmiy maqola, 12 taga yaqin ixtiro-patentlar, 10 dan ortiq tavsiyalar va informatsiya bukletlari, 50 dan ortiq metodik ko‘rsatmalar chop etildi.
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar