Tarixi

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi mudiri

Qosimov Jaxongir Avloqulovich, PhD

Tel.: +99871-237-19-64

Email: j.qosimov@tiiame.uz

 

 

 


Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashkil bo‘lgan 1934 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, dastlabki yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, keyinchalik texnika fanlari doktori GROMOV M.YA. raxbarlik qilgan.

  1. 1940-50 yillarda kafedrani texnika fanlari doktori, professor KOSHEVNIKOV K.A. boshqargan.
  2. 1950-1967 yillarda kafedraga dotsent Shamshidov G.L. rahbarlik qilgan. G.L.SHAMSHIDOVning ko‘p sonli uslubiy ishlari “Chizma geometriya va Chizmachilik ” fanlarining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘sha davr talabiga to‘la javob bergan va o‘quv jarayoniga keng joriy etilgan
  3. 1969-1974 yillarda kafedraga MURODOV SH.K rahbarlik qilgan.
  4. 1975-1990 yillarda kafedraga Davlat mukofoti laureati, dotsent BIMAN L.R rahbarlik qilgan.
  5. 1990-1999 yillarda kafedraga professor MURODOV SH.K rahbarlik qilgan.
  6. 1999-2004 yillarda kafedraga RASULOV K.R. rahbarlik qilgan.
  7. 2005 yildan 2012 yil mart oyigacha kafedraga texnika fanlari doktori, professor KUCHKAROVA D.F. rahbarlik qildi.
  8. 2012-2016 yil may oyigacha kafedrani qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent URAZKELDIEV A.B. boshqarib keldi.
  9. 2016 yil 13 maydan 2017 yil 10 yanvargacha kafedra mudiri vazifasi vaqtincha PO‘LATOVA H.A.ga yuklatilgan edi.
  10. 2017 yil 11 yanvardan 2018 yil 30 iyungacha  texnika fanlari nomzodi, dotsent RIXSIBAEV U.T kafedraga raxbarlik qilib keldi.
  11. 2018 yil 4-sentyabrdan 2019 yil 30 iyungacha kafedra mudiri vazifasini NIG’MONOV R.B. bajarib keldi.
  12. 2019 yil 3 sentabrdan 2021  yil 30 aprelgacha kafedra mudiri vazifasini Qosimov Jahongir Avloqulovich bajarib keldi.
  13. 2021 yil 1 maydan 25 dekabrgacha kafedra mudiri vazifasini PhD dotsent Nasritdinova Umida Axmadjonovna bajarib keldi.
  14. 2022 yil 26 dekabrdan kafedra mudiri vazifasini Qosimov Jahongir Avloqulovich bajarib kelmoqda.

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan Ukraina, Rossiya, Qozog‘istonning ilmiy jurnallarida keyingi 10 yilda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedrada 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 5 darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq metodik ko‘rsatma, 120 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.


Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar