Tarixi

“Chizma geometriya va kompyuter grafikasi”  kafedrasi

mudiri Qosimov Jaxongir Avlaqulovich

Tel.:  +99871-237-19-64

Email: j.qosimov@tiiame.uz

 

 


“Chizma geometriya va kompyuter grafikasi”  kafedrasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti tashkil bo‘lgan 1934 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, dastlabki yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi, keyinchalik texnika fanlari doktori  GROMOV M.Ya. raxbarlik   qilgan.             

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan Ukraina, Rossiya, Qozog‘istonning ilmiy jurnallarida keyingi 10 yilda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedrada 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq metodik qo‘rsatma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari asosida foydali modelga patent talabnomasi tayyorlab topshirildi va O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi “Ixtirolar,foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan foydali model –Kultivator seyalkaga raqamli FAP 01089 –patenti va PJG universal osma purkagichi talab qiladigan quvvatini nazariy aniqlash  I AP 05696 patentlari berildi. Foydali model muallifi Urishev A.E. 


Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar