Tarixi
«Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari» kafedrasi mudiri,
texnika fanlari doktori, professor
Bakiev Masharif Ruzmetovich
Tel.: +99871-237-19-32
Email: mrbakiev@tiiame.uz
Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi 1930 yilda Turkiston (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universitetining muxandislik melioratsiyasi fakulteti) tarkibida tashkil qilingan. 1934 yilda undan “Injenerlik konstruksiyalari, zamin va poydevorlar” kafedrasi ajralib chiqqan.
Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasiga o‘z vaqtida Ye.A.Zamarin (1930-1932), N.A.Fandeev (1932-1941), V.V.Poslavskiy (1941-1949), A.O.Ostrovskiy (1949-1963), Z.X.Xusanxodjaev (1963-1973), Ye.I.Pavlova (1981-1985), M.R.Bakiev (1985-2004) lar, «Muhandislik konstruksiyalari» kafedrasiga esa A.N.Askochinskiy (1934-1950), K.I.Bochkov (1950-1963), Ye.S.Pesikov (1964-1971, 1986-1992), K.I.Talabaev (1971-1975), X.A.Asqarov (1975-1986), A.A.Qurbonov (1992-1999), A.G.Mirzaev (1999-2004)lar mudirlik qilganlar. 2004 yilda ikkita kafedra birlashtirilib Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi tashkil qilindi. Unga 2004-2014 yillari t.f.d., prof. M.R.Bakiev mudir, hamda 2014-2017 yillari t.f.n. dotsent N.R.Raxmatov mudirlik qilganlar 2017 yildan kafedraga t.f.d., prof. M.R.Bakiev kafedraga mudirlik qilmoqda.
Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasida akademiklar V.V.Poslavskiy, A.N.Askochinskiy, A.M.Muxamedov, professorlar N.G.Malchikovskiy, Ye.A.Zamarin, N.A.Fandeev, V.D.Jurin, V.D.Bulaevskiy, A.O.Ostrovskiy, M.S.Vizgo, dotsentlar Z.X. Xusanxodjaev, Ye.I.Pavlova, G.A.Soy, N.I.Sviridov, B.P.Surovsev, Z.I.Ryadova L.I.Antonova kabi olimlar gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ulardagi oqim tartibotini o‘rganish va shu tartibotlarni inobatga olib gidrotexnika inshootlarini, shu jumladan filtratsion oqim tartibotini hisobga olib tuproq to‘g‘onlarning konstruksiyalarini loyihalash bo‘yicha, shuningdek gidrotexnika fanining boshqa muommolari yechimi ustida ilmiy izlanishlar olib borgan hamda gidrotexnika fani tarixida o‘chmas iz qoldirganlar. Xozirda kafedrada t.f.d., professor M.R.Bakiev, t.f.d., professor A.A.Yangiev, t.f.n. dotsent M.A.Qodirova, t.f.n. dotsent N.R.Raxmatov, t.f.n. dosent O.Qodirov, PhD dosent O‘.A.Qaxxorov, t.f.n. N.Maalem, PhD dotsent D.Adjimuratov, PhD dotsent K.Yakubov, PhD dotsent O.Xalimbetov, PhD dotsent O.Vafoeva va katta o’qituvchi T.J.Muslimov, assistenlar Sh.Djabbarova, X.Xasanov, SH.Panjiyev, laboratoriya mudiri O.Matkarimov hamda doktorantlar O’Qaxxorov, A.Jaxonovlar samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlar borasida erishgan yutuqlari
Kafedrada 3 ta laboratoriya boksi bo‘lib, 1ta laboratoriya boksda To’polong suv omborining xarakatdagi modeli qurilgan. Kafedraning bu laboratoriyalariga “Gidrotexnika inshootlari” (maydoni 180m2), “Gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari” (maydoni 140 m2), “Kafedralararo laboratoriya” (maydoni 240m2). Ular ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun lotoklar, asbob uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Xozirgi kunda ushbu laboratoriyalar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy talablarga javob beradi.
“2003-2005 yilda «Изучение надежности эксплутируемых гидротехнических сооружений и раработка мероприятий по улучшению безопасности их работы » mavzuda AQSh universitetlari bilan birgalikda xalqaro grant bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu grant bo‘yicha Sultonsanjar, Tuyamuyin, Chortoq, Chimqo‘rg‘on suv omborlaridagi to‘g‘onlarning, hamda Ugam irrigatsiya tizimidagi inshootlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chikilgan. Prof. M.R.Bakiev rahbarligida “Ko‘chma poligonal suv o‘lchagich” mavzusida xalqaro grant 2009-2011 yillarda bajarilib, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashkadaryo, Buxoro viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklariga joriy qilindi. “Неустановившаяся филтрация воды и её воздействие на состояние эксплуатируемых и проектных грунтовых плотин” (2011 yil-35 mln. so`m) mavzusida xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
2012-2016 yillarda kafedrada davlat byudjeti bo‘yicha «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chikish» mavzusida va Respublika granti bo‘yicha QXA-7-038-2015. Daryodan suv olish gidrouzellari xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish(1-bosqich) mavzusida davlat granti (2015 yil uchun 25 mln.so‘m), №2.8 «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chiqish» (6-bosqich) davlat byudjeti (2015 yil uchun 12 mln.so‘m), Amudaryoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l, Ellikqala, Beruniy tumanlari hamda Xorazm viloyati Xonqa, Bog‘ot va Urgench tumanlari hududidan oqib o‘tgan o‘ng va chap qirg‘oqlarini yuvilishini himoya bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2015 yil uchun 30 mln.so‘m), “O‘quv-ilmiy markazidagi sug‘orish maydonlariga suv yetkazib beruvchi irrigatsiya tarmoqlari, suv olish quloqlari, nasoslar, gidrotexnika inshootlaridagi kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish” mavzusidagi davlat byudjeti, «Обследования технического состояния канала Дустлик ПК 145 на канала ЮГК” mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2015 yil uchun 25 mln.so‘m), №2.8 «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chiqish» (2016 yil uchun 12 mln.so‘m)., QXA-7-038-2015. Daryodan suv olish gidrouzellari xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish (2-bosqich) mavzusida davlat granti (2016 yil uchun 25 mln.so‘m)., Quyi-Amudaryo ITXB. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumanidagi Mejdureche suv omborining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2016 yil uchun 40 mln.so‘m)., № 8/2016 «Обследования технического состояния каналов Кегейли, Северный Ташкент и Карманинского гидроузла» mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2016 yil uchun 35 mln.so‘m), 16/2017 “Amudaryoning Tuyabo‘yin-Qipchoq Hududida O‘zanni ikki tomonlama rostlash bosh plan-sxemasini ishlab chiqish” (38 mln.so‘m), 1/2017 “Обследования технического состояния каналов Мангит-арна и Куаныш-арна в Республике Каракалпакистан”, va №6/2019 “O‘zan suv ombori himoya dambalari ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish” (40 mln.so‘m), №8/2020 «Tuyamo’yin gidrouzеli O’ng qirg’oq kanali espluatatsion rеjimini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish» (68 mln. 510 ming so‘m), mavzusidagi sonli xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Qozogiston, Xitoyning ilmiy jurnallarida keyingi 5 yilda Scopus va WoS bazalarida kiruvchi xalqaro jurnallar va konfirensiyalarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
GTI va MK kafedrasi professori M.R.Bakiev, dotsent Ye.I Kirillova va assistent M.J.Chorievlar 2009 yilda o’tkazilgan «Сентрално-азиатской Ярмарки идей -2009» xalqaro tanlovining g’olibi bo’lib, 17000$ AQSh dollarlik Jahon Banki grantini yutib olishdi.
Fransiyaning Bordo-1 universiteti va TIQXMMI o‘rtasidagi xamkorlik asosida, Fransiyadan Filipp L. Kostyumer va prof.Bakiev M.R raxhbarligida fan nomzodi Raxmatullaev Sh. tayyorlandi, hamda ikkita davlat O‘zbekiston, Fransiya fan nomzodlari diplomlariga ega bo‘lindi.
2012 yilda kafedra magistranti R.Xrupin Respublika granti mavzusi bo‘yicha «Kelajak Ovozi 2012» ko‘rik tanlovida «Texnik ishlanmalar» nominatsiyasi bo‘yicha Respublikada faxrli 1 - o‘rinni egalladi.
Keyingi yillarda kafedra yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik, 10 da ortiq o‘quv qo‘llanmalari, 15 da ortiq tavsiyanoma, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 6-ta mualliflik guvohnomasi 5 ta patent olingan, M.R.Bakievning rahbarligi ostida 11 ta fan nomzodi, 5 ta PhD, 2 ta fan doktori tayyorlangan.
Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar