Iqtidorli talabalar
“TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida “Yosh shaxmatchilar” to’garagi tashkil qilingan. Ushbu to’garakda 35 nafardan ortiq talaba yoshlar a’zo bo’lishgan. Talabalar o’rtasida “Aql gimnastikachilari” mavzusida targ’ibot ishlarini oshirish maqsadida qator tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. To’garak rahbari “Gidrotexnika va meliorasiya qurilishi” 2-bosqich doktoranti Berdiyev Mustafo. Haftaning har shanba kunlari ichki musobaqalar o'tkazilib kelinmoqda. (https://t.me/+YXzYiabHbhthYjcy)
«Gidrotexnika qurilishi» fakultetida “Qizlarjon kulibi” tashkil qilingan. Ushbu tugarakda 30 dan ortiq talab-qizlar a’zo bo‘lgan. Ular uchun turli kashtachilik, pazandachilik, chivarchilik, taqinchoqlar yasash kabi bir qator xunarlarni o‘rganib kelmoqda. Talaba-qizlar o‘rtasida “Talaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinadi. fakultetida tashkil etilgan To'garak rahbari Saidova Xursanoy. (htts://t.me/+2tzD4QL4LC1mNGUy)
"Gidrotexnika qurilishi fakulteti" fakulteti "Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar" kafedrasida https://t.me/Gidroenergetik kanali va telegram gruppa tashkil etilgan. Klubning asosiy maqsadi gidroenergetika sohalari bo‘yicha talabalarga zamonaviy gidroenergetik qurilmalar, asbob uskunalar, yangiliklar, loyixalar, adabiyotlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanishi mumkin Kafedrada iqtidorli talabalarni muxandislik loyixalash ishlariga jalb qilish maqsadida “Innovatsion loyixalash guruxlari” ni tashkil etilgan.Bu guruxda 30 dan ortiq iqtidorli talabalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakul’tet iqtidorli talaba yoshlari bir manzilda “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan https://t.me/+lGD0lC5Co3RhOWRi “Edu graphics” innovatsion laboratoriyasida fakultet talaba yoshlari faoliyat yuritishmoqda. Start-up loyihalarni tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlashda ayniqsa kafedra professor-o‘qituvchilaridan J.A. Qosimov boshchligidagi yoshlar jamoasi ilk natijalarga erishishni boshlashdi. Ushbu Start-up loyihalarda ITGO yo‘nalish birinchi kurs talabalaridan 2 nafar, GTINSF yo‘nalish birinchi kurs talabalaridan 4 nafar, MvaMM yo‘nalish birinchi kurs talabalaridan 2 nafar shu yo‘nalish ikkinchi kurs talabalaridan 2 nafar, Gidroenergitika birinchi kurs talabalaridan 2 nafar talaba faoliyatini boshlashdi.