Tarixi

«Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish»

kafedrasi mudiri t.f.d, professor

Bozorov Dilshod Rayimovich

Tel: +99871-237-79-57

E-mai: d.bazarov@tiiame.uz

 


Nasos stantsiyalari hamda kichik va oʼrta gidroelektrostantsiyalarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish uchun malakali mutaxassislar, 1934 yilda Gidromelioratsiya fakulьteti tarkibida tashkil qilingan, hozirgi kunda esa «Gidrotexnika qurilishi» fakulьteti tarkibidagi «Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish» kafedrasida tayyorlanib kelinmoqda. Kafedra tashkil qilingandan soʼng unga: 1934-1969 yillarda T.А.Kolpakova; 1969-1985 yillarda S.K.Pereverzev, 1986-1999 va 2005-2010 yillarda B.R.Uralov; 1999-2004 yillarda va yana 2010-2018 yillarda T.Sh.Majidov; 2018 yil aprel oyidan dekabr oyigacha E.K.Kan va 2018 yil dekabr oyidan prof.D.R.Bazarov mudirlik qilmoqda. 1934-2019 yillarda kafedrada ilmiy hamda ilmiy-pedagogik ishlari bilan respublikada tanilgan quyidagi professor-oʼqituvchilar ishladilar va ishlab kelmoqdalar: professorlardan- D.Ya.Sokolov, V.I.Gromov, I.Pirmatov, E.J.Maxmudov O.Ya.Glovatskiy, D.R.Bazarov va R.R.Ergashevlar; texnika fanlari nomzodlaridan — T.А.Kolpakova, S.K.Pereverzev, S.Saidxodjaev, V.А.Baranov, V.I.Stratonov, V.P.Sudakov, Y.G.Ivanenko, R.R.Аbduraupov, T.Sh.Majidov, B.R.Uralov, V.А.Zenkova, R.А.Usmanov, B.M.Obidov, N.R.Raxmatov, E.K.Kan, T.N.Tursunov, F.Sh.Shoazizov, S.K.Xidirov va N.Ikromov; katta oʼqituvchilardan — А.M.Motorin, K.V.Stupakov, Y.А.Sosedko, N.I.Goroshkova, А.S.Badalov, shular jumlasidandir. Xozirda kafedrada prof. D.R.Bazarov, prof. R.Ergashev, dos. B.Uralov, dos. E.Kan, dos. F.Shaazizov, dos. N.Ikramov, dos. S.Xidirov, dos. B.Norqulov, kat.oʼqit. F.Аrtikbekova., ass. M.Berdiev, staj.oʼqit. B.Shodiev, staj.oʼqit O.Voxidov faoliyat koʼrsatmoqda. Kafedra olimlaridan T.А.Kolpakova, S.K.Pereverzev hamda V.P.Sudakovlar «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan irrigator», А.S.Saidxodjaev «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan quruvchi» va D.R.Bazarov "Oʼzbekiston Respublikasi Suv Xoʼjaligi Аʼlochisi" unvonlari bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda kafedradagi 12 nafar professor-oʼqituvchilar, bakalavriat taьlim yoʼnalishlarida 12 fandan va magistratura mutaxassisliklarida 8 fandan maʼruza, amaliy va tajriba mashgʼulotlarini olib bormoqdalar. Kafedra laboratoriyasiga 22 dona oʼquv va 8 dona ilmiy-tekshirish qurilmalari, 3 dona mashinali sugʼorish tizimi va nasos qurilmasining harakatdagi nusxasi, noanʼanaviy energiya manbalaridan (quyosh panellari) foydalanib, nasos qurilmasini ishlatish, turli gidromashinalar va ularning qismlari qoʼyilgan.


Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar