Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari

«Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari» kafedrasi mudiri,

texnika fanlari doktori, professor

Bakiev Masharif Ruzmetovich

Tel.:  +99871-237-19-32

Email: mrbakiev@tiiame.uz

 


«Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari» kafedrasi 1930 yilda Turkiston (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universitetining muxandislik melioratsiyasi fakulteti) tarkibida tashkil qilingan. 1934 yilda undan “Injenerlik konstruksiyalari, zamin va poydevorlar” kafedrasi ajralib chiqqan.

«Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari» kafedrasiga o‘z vaqtida Ye.A.Zamarin (1930-1932), N.A.Fandeev (1932-1941), V.V.Poslavskiy (1941-1949), A.O.Ostrovskiy (1949-1963), Z.X.Xusanxodjaev (1963-1973), Ye.I.Pavlova (1981-1985), M.R.Bakiev (1985-2004) lar, «Muhandislik konstruksiyalari» kafedrasiga esa A.N.Askochinskiy (1934-1950), K.I.Bochkov (1950-1963), Ye.S.Pesikov (1964-1971, 1986-1992), K.I.Talabaev (1971-1975), X.A.Asqarov (1975-1986), A.A.Qurbonov (1992-1999), A.G.Mirzaev (1999-2004)lar mudirlik qilganlar. 2004 yilda ikkita kafedra birlashtirilib “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi tashkil qilindi. Unga 2004-2014 yillari t.f.d., prof. M.R.Bakiev mudir, hamda 2014-2017 yillari t.f.n. dotsent N.R.Raxmatov mudirlik qilganlar 2017 yildan kafedraga t.f.d., prof. M.R.Bakiev kafedraga mudirlik qilmoqda.

«Gidrotexnika inshootlari» kafedrasida akademiklar V.V.Poslavskiy, A.N.Askochinskiy, A.M.Muxamedov, professorlar N.G.Malchikovskiy, Ye.A.Zamarin, N.A.Fandeev, V.D.Jurin, V.D.Bulaevskiy, A.O.Ostrovskiy, M.S.Vыzgo, dotsentlar Z.X. Xusanxodjaev, Ye.I.Pavlova, G.A.Soy, N.I.Sviridov, B.P.Surovsev, Z.I.Ryadova L.I.Antonova kabi olimlar gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ulardagi oqim tartibotini o‘rganish va shu tartibotlarni inobatga olib gidrotexnika inshootlarini, shu jumladan filtratsion oqim tartibotini hisobga olib tuproq to‘g‘onlarning konstruksiyalarini loyihalash bo‘yicha, shuningdek gidrotexnika fanining boshqa muommolari yechimi ustida ilmiy izlanishlar olib borgan hamda gidrotexnika fani tarixida o‘chmas iz qoldirganlar. Xozirda kafedrada t.f.d., prof. M.R.Bakiev, t.f.d., prof. A.A.Yangiev t.f.d., prof. B.B.Xasanov, t.f.n.dos. M.A.Qodirova, t.f.n.dos. F.A.Yunusova, t.f.n.dos. R.R.Abduraupov, t.f.n.dos. N.R.Raxmatov, t.f.n.dos. O.Qodirov, dos. O‘.A.Qaxxorov, t.f.n. N.Maalem, katta o‘qituvchi A.Ibraimov, T.J.Muslimov, assistenlar O.Xalimbetov, Sh.Djabbarova, S.Shukurova, A.Jaxonov, O.Matkarimov, O.Vafoeva, D.Adjimuratovlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlar borasida erishgan yutuqlari

Kafedrada 4 ta laboratoriya boksi va 1 ta ochiq tajriba maydonchasi bo‘lib, 1ta laboratoriya boksda Tupolong suv omborining xarakatdagi modeli qurilgan. Kafedraning bu laboratoriyalariga “Gidrotexnika inshootlari” (maydoni 180m2), “Gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari” (maydoni 140 m2), “Kafedralararo laboratoriya” (maydoni 240m2), “Ochik dala laboratoriya maydonchasi” (maydoni 140m2) kiradi. Ular ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun lotoklar, asbob uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Xozirgi kunda ushbu laboratoriyalar to‘lik ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy talablarga javob beradi.

“2003-2005 yilda «Izuchenie nadejnosti eksplutiruemыx gidrotexnicheskix soorujeniy i rarabotka meropriyatiy po uluchsheniyu bezopasnosti ix rabotы» mavzuda AQSh universitetlari bilan birgalikda (qiymati 30 ming dollar ) xalkaro grant bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu grant bo‘yicha Sultonsanjar, Tuyamuyin, Chortoq, Chimqo‘rg‘on suv omborlaridagi to‘g‘onlarning, hamda Ugam irrigatsiya tizimidagi inshootlarining ishonchliligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chikilgan. Prof. M.R.Bakiev rahbarligida “Ko‘chma poligonal suv o‘lchagich” mavzusida xalkaro grant 2009-2011 yillarda bajarilib (qiymati 17 ming dollar), Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kashkadaryo, Buxoro viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklariga joriy qilindi. “Neustanovivshayasya filtratsiya vodы i yeyo vozdeystvie na sostoyanie ekspluatiruemыx i proektnыx gruntovыx plotin” (2011 yil-35 mln.sum) mavzusida xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

2012-2016 yillarda kafedrada davlat byudjeti bo‘yicha «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chikish» mavzusida va Respublika granti bo‘yicha QXA-7-038-2015. Daryodan suv olish gidrouzellari xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish(1-bosqich) mavzusida davlat granti (2015 yil uchun 25 mln.sum), №2.8 «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chiqish» (6-bosqich) davlat byudjeti (2015 yil uchun 12 mln.sum), Amudaryoning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l, Ellikqala, Beruniy tumanlari hamda Xorazm viloyati Xonqa, Bog‘ot va Urgench tumanlari hududidan oqib o‘tgan o‘ng va chap qirg‘oqlarini yuvilishini himoya bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2015 yil uchun 30 mln.sum), “O‘quv-ilmiy markazidagi sug‘orish maydonlariga suv yetkazib beruvchi irrigatsiya tarmoqlari, suv olish quloqlari, nasoslar, gidrotexnika inshootlaridagi kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish” mavzusidagi davlat byudjeti, “Obsledovaniya texnicheskogo sostoyaniya kanala Dustlik PK 145 na kanala YuGK” mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2015 yil uchun 25 mln.sum), №2.8 «Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini, xisoblash va loyixalash uslublarini ishlab chiqish» (2016 yil uchun 12 mln.sum)., QXA-7-038-2015. Daryodan suv olish gidrouzellari xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish (2-bosqich)  mavzusida davlat granti  (2016 yil uchun 25 mln.sum)., Quyi-Amudaryo ITXB. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynok tumanidagi Mejdureche suv omborining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2016 yil uchun 40 mln.sum)., № 8/2016«Obsledovaniya texnicheskogo sostoyaniya kanalov Kegeyli, Severnыy Tashkent i Karmaninskogo gidrouzla» mavzusida xo‘jalik shartnomasi (2016 yil uchun 35 mln.sum), 16/2017 “Amudaryoning Tuyabo‘yin-Qipchoq Hududida O‘zanni ikki tomonlama rostlash bosh plan-sxemasini ishlab chiqish” (38 mln.so‘m), 1/2017 “Obsledovaniya texnicheskogo sostoyaniya kanalov Mang‘it-arna i Kuanыsh-arna v Respublike Karakalpakistan”, 1.       “O‘zan suv ombori himoya dambalari ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish” mavzusidagi №6/2019 sonli xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya, Qozogiston, Xitoyning ilmiy jurnallarida keyingi 5 yilda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

GTI va MK kafedrasi professori M.R.Bakiev, dotsent Ye.I Kirillova va assistent M.J.Chorievlar 2009 yilda utkazilgan «Sentralno-aziatskoy Yarmarki idey-2009»
xalkaro tanlovining golibi bulib, 17000$ AKSh dollarlik Jaxon Banki grantini yutib olishdi.

Fransiyaning Bordo-1 universiteti va TIQXMMI o‘rtasidagi xamkorlik asosida, Fransiyadan Filipp L. Kostyumer va prof.Bakiev M.R raxbarligida fan nomzodi Raxmatullaev Sh. tayyorlandi, hamda ikkita davlat O‘zbekiston, Fransiya fan nomzodlari diplomlariga ega bo‘lindi.

Kafedra magistranti R.Xrupin Respublika granti mavzusi bo‘yicha «Kelajak Ovozi 2012» ko‘rik tanlovida «Texnik ishlanmalar» nominatsiyasi bo‘yicha 2012 yil Respublikada faxrli 1 — o‘rinni egalladi.

Keyingi yillarda kafedra yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan 16 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanmalari, 7 ta tavsiyanoma, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 4-ta mualliflik guvohnomasi 2 ta patent olingan, M.R.Bakievning rahbarligi ostida 11 ta fan nomzodi, 4 ta PhD, 1 ta fan doktori tayyorlangan.


Gidrotexnika qurilishi fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar