Hamkorlar

Kafedrada Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari, soha va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (UzRFA) ning ilmiy-tadkikot institutlari, jumladan Karshi muxandislik iktisodiyot instituti, UZGIP instituti, “Davsuvxujaliknazorat” inspeksiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti bilan uzaro xamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadkikot ishlari, o‘quv adabiyotlarini yozish, talabalarning amaliyotlari xamda kafedralarning filiallarida darslar o‘tish tashkil kilingan. Kafedrada xorij bilan xamkorlik yo‘lga ko‘yilgan: Istambul texnika universiteti, VAGENEGEN universiteti, MGU, P.Lumumba nomli MXDU, Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Milliy ilmiy markazlarr MEY, MGSU (Rossiya), Fransiya Bordo-I unversiteti. Xamkorlikda birgalikda maqolalar chop qilingan. Qozog‘iston Respublikasining Taraz davlat universiteti bilan hamkorlikda ikki tomonlamaPhD dissertatsiyasi bo‘yicha quyidagi doktorantlarga prof. Bakiev M.R.( Kadereshev Ye.J - 2-kurs doktorant), prof. Yangiev A.A (Smailov B.Sh.-2-kurs doktorant, Djakiev B.D. - 2-kursdoktorant) ilmiy maslaxatchilik qilmoqdalar. 2018 yilda prof.A.A.Yangiev PROON ning “Ustoychivoe upravlenie vodnыmi resursami v selskoy mestnosti Uzbekistana” loyihasida konsultant-trener sifatida faoliyat ko‘rsatib, Respublikamizning 6 ta viloyatlarida suv omborlari va gidrouzellar xodimlarining malakasini oshirib keldi. prof.A.A.Yangiev 2018- yil 4-7 martda o‘tkazilgan UNESCO ning Suv xo‘jaligi loyihalari bo‘yicha seminarida qatnashib, “Ekspluatatsiya i podderjka texnicheskogo sostoyaniya gidrotexnicheskiy soorujenii” nomidagi modulni tayyorladi va buyurtmachiga topshirdi.

Kafedra a’zolari rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, shuningdek fondlar va markazlar bilan o‘zaro manfaatli xamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar. Jumladan kafedrada:

  • Gidrotexnika va energetika qurilish universiteti MGSU (Rossiya);
  • Milliy tadqiqot Universiteti MEI (Rossiya);
  • Sibir Federal Universiteti (Rossiya);
  • Taraz Davlat Universiteti (Qozog‘iston) bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari mavjud va ularda mutaxassislar, zamonaviy o‘quv va o‘quv metodik adabiyotlar tayyorlash, stajirovkalar o‘tish, malaka oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda magistrantlar va doktorantlarga raxbarlik qilish va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda kafedrada va fakultetda bakalavriaturani bitkazgan bakalavrlar Sankt-Peterburg politexnika Universitetida 3 ta magistrant va Masharipov U. Oxayo Universitetida (Xitoy xalq Respublikasi) magistraturani tamomlab xozirda doktoranturada ta’lim olmoqda. Taraz davlat universiteti 2- kurs doktoranti Kadreshev Ye.J.ning ilmiy rahbari professor Koybakov S.D., ilmiy maslaxatchi professor Bakiyev M.R., 2- kurs doktorant Djakiyev B.D. ilmiy rahbar professor Sennikov B.D., ilmiy maslaxatchi professor Yangiev A.A., 2-kurs doktorant Smailov B.Sh. ilmiy raxbar dotsent Djoldashov S.K., ilmiy maslaxatchi professor Yangiyev A.A. lar bilan hamkorlikda ikki tomonlama raxbarlik ostida (kafedradan Bakiyev M.R., Yangiyev A.A.) PhD dissertatsiyasi bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.