Bakalavriatura

5450100 “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” (2,3,4 – kurslar)

5450600 “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” (1-kurs)

5450100 “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish”, 5450600 “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalshlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanuvchi gidroenergetik qurilmalarini hamda noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manba’lari asosidagi qurilmalarni loyihalash usullarini, gidroenergetik ob’ektlarini qurish, foydalanish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, gidravlik mashinalarida kechadigan ishchi jarayonlar bo‘yicha matematik modellarini qo‘llash, gidroenergetik qurilmalari muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish, gidroenergetik qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni, almashinuv va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash, texnik ekspluatatsiya prinsiplarini tuzish hamda loyihalash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

5450400 –“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”

5450400 –“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini loyihalash foydalanish metodlarini o‘rganish, nasoslardagi ish jarayonlarini o‘rganish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish, ulardan foydalanish ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, nasos va ular tizimlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini qo‘llash, gidrotexnika i nshootlari va nasos stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

5340700 – “Gidrotexnika qurilishi” (suv xo‘jaligida)

5340700 – “Gidrotexnika qurilishi” (suv xo‘jaligida) – bakalavriat ta’lim yunalishi bitiruvchilari gidrotexnika inshootlari qurilishi va rekonstruksiyasi loyihasini tuzish, gidrotexnika inshootlari optimal variantlarini tanlash va joriy qilish, suv resurslaridan foydalanish va taqsimlash, gidrotexnika qurilishi samaradorligini aniqlash, gidrotexnika inshootlarini qurish va loyihalash, tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish, tajriba tadqiqotlariga ishlov berish va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, gidrotexnika qurilishida grunt, beton va montaj ishlarini bajarishni tashkil qilish va texnologiyasi, material-texnik resurslardan samarali foydalanish uslublari va qurilishda zamonaviy texnologiyalar va ishni tashkil qilishni qo‘llash, injenerlik yechimini texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilishni, loyiha-qidiruv va qurilish ishlarining texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashni bilish bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.

5111100 – Kasbiy ta’lim: –“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”

5111100 – Kasbiy ta’lim: –“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini loyihalash va foydalanish metodlarini o‘rganish, nasoslardagi ish jarayonini o‘rganish, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari qurish, ulardan foydalanish ta’mirlash rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, nasos va ular tizimlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini qo‘llash, gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash strategiyasini belgilash, qo‘llash, texnik ekspluatatsiya prinsiplarini tuzish hamda loyihalash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi o‘rni va roli bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.