Hamkorlar

Kafedra ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tekshirish va akademik institutlar — Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, «Oʼzsuvtaʼmirsuvfoydalanish» birlashmasi, TIQXMMI qoshidagi «Irrigatsiya va suv muammolari» ilmiy-tadqiqot instituti, «Fizika-Quyosh» IIChB (tel: 71-233-12-71, ftikans@uzscince.net), MChJ UZGIP (tel: 71-242-27-76, uzgip@bk.ru), «Gidroproekt» OАJ, (tel: 71-253-14-65 gdib@inbox.uz) «Oʼzbekgidroenergo» АJ (tel: 71-230-33-50, devonxona@uzgidro.uz), Toshkent GESlar kaskadi (tel.: 71-236-60-00, ktashges@uzgidro.uz), OАJ «Suvmash»

(tel.: 71-295-13-00, office@suvmash.uz), Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligining «Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa» boshqarmasi (tel.: 71-241-17-72, nasos@ agro.uz), bilan «Oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini yoʼlga qoʼyish borasida amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha» shartnomalar tuzilgan. Bundan tashqari TIQXMMI qoshidagi «Irrigatsiya va suv muammolari» ilmiy-tadqiqot instituti, «Oʼzsuvenergo» ixtisoslashgan birlashmasi hamda «Suvmash» OАJda kafedraning filiallari faoliyat koʼrsatib turibdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2018 yildagi PQ-3702-sonli Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qarori ijrosini taʼminlash boʼyicha bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini yoʼlga qoʼyish borasida amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha “Oʼzbekgidroenergo” aktsionerlik jamiyati hamda uning tarkibidagi “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti oʼrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan talabalarga institutda olayotgan nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash maqsadida Chirchiq GESida institutning Gidrotexnika qurilishi fakulьteti “Suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasining filialining ochilishiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbir “Oʼzbekgidroenergo” aktsionerlik jamiyatining kadrlar va oliy taʼlim muassasalari boʼyicha boshqarma boshligʼi Sunnatov Inoyat Soxibovich, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi kadrlar boshqarmasi boshligʼi Xurshid Lapasov, “Chirchiq GESlar kaskadi” unitar korxonasi direktori – Shadmanov Аbdurasul Аbdurashidovich” institutning Gidrotexnika qurilishi fakulьteti dekani Xasanov Baxriddin Baratovich tomonidan tantanali ravishda ochib berildi.

Kafedra filialida institutning “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi 4 kursining 59 nafar talabalari “Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish” fanidan hamda “Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” va “Gidroelektrostantsiyalar qurilishi va ulardan foydalanish” magistratura mutaxassisligi 17 nafar 1 va 2 kurs magistrantlari “Gidroenergetik qurilmalar” hamda “Gidroelektrostantsiyalardan foydalanish” fanlaridan amaliy mashgʼulotlar davomida institutda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashadi. Buning uchun filialda 20 va 40 oʼringa moʼljallangan zamonaviy oʼquv qurollari bilan (internet, videoproektor, televizor) jixozlangan 2 ta auditoriya va laboratoriya xonasi ajratilgan.

“Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi talabalari “Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish” fanidan 7, 8-semestr davomida 46 soat, “Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” magistratura mutaxassisligi magistrantlari esa “Gidroenergetik qurilmalar” fanidan 80 soat hajmidagi amaliy mashgʼulotlarni “Chirchiq GESlar kaskadi”ning yetakchi va tajribali mutaxassislari olib borishadi.

Аmaliy mashgʼulotlar davomida talaba va magistrantlar GESning ishlash printsipi, turbina va gidrogenerator, yordamchi jixozlari, boshqaruv tizimi, ekspluatatsiya qilish, joriy va kapital taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish kabi mavzularni bevosita ishlab chiqarish bilan bogʼlab, oʼz bilim va koʼnikmalarini mustahkamlashadi.

Kafedra filialida tizimli ravishda olib boriladigan amaliy mashgʼulotlar uchun dars jadvali TIQXMMI oʼquv ishlari boʼyicha prorektori professor B.S.Mirzaev tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, TIQXMMI rektoriprofessor Oʼ.P.Umurzoqov va “Oʼzbekgidroenergo” АJ raisi А.А.Sanginov tomonidan tuzilgan oʼzaro hamkorlik shartnomasiga asosan mazkur taʼlim yoʼnalishidagi 30 nafargacha talabalar uchun har yili oʼquv-ishlab chiqarish amaliyoti ham Chirchiq GES lar kaskadlarida olib borilib, ular ushbu obʼektlargav ishlab chiqarish uchun koʼnikma hosil qilishadi.

Bundan tashqari, talaba va magistrantlar GES tarkibiga kiruvchi gidrotexnik inshootlar –derivatsiya kanali, naporli hovuz, suv qabul qilish inshootlari, turbina va soʼrish quvurlari, suv tashlash inshootlari, olib ketish kanali kabi inshootlarning ekspluatatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishib, yillik, yarim yillik, chorak, oylik va dekadalar boʼyicha suv sarfi hamda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya miqdorini hisoblarini olib borish tartibini oʼrganishadi.

Kafedra professor-oʼqituvchilari, hamkorlik shartnomalari tuzilgan va filiallar tashkil qilingan korxonalar bilan: mutaxassislarining talabalarga maʼruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashgʼulotlar oʼtkazishi, bakalavrlar malaka-bitiruv ishiga hamda magistrlarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilishlarini tashkil qilishi; magistr va bakalavrlarning oʼquv amaliyoti hamda malaka-bitiruv oldi va ishlab chiqarish amaliyotlarini oʼtishlari uchun laboratoriya va qurilmalardan foydalanishga imkoniyat yaratishi; oʼzaro hamkorlikda yangi darslik va oʼquv qoʼllanmalari yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etishi; hamkorlikda yaratilgan sohaning ilmiy va ilmiy-texnologik muammolari bazasiga binoan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari izlanishlarning mavzularini belgilashga yordamlashishi; hamkorlikda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi; kafedrada tayyorlana-yotgan bakalavr yoʼnalishlari, magistrlik mutaxassisliklari, aspirant va doktorantlar tayyorlash maqsadida oʼquv markazi yoki kafedralar filialini tashkil etishi; institutni muvaffaqiyatli tugatgan bakalavr va magistr-larni ish bilan taʼminlashda hamkorlik qilishlari kelishib olingan.

Oxirgi yillarda professor-oʼqituvchlar, «Innovatsion taʼlimni loyihalashtirish, rejalashtirish va uni joriy etish texnologiyasi», «Taʼlimda innovatsion texnologiyalar kursi» va boshqa yoʼnalishlar boʼyicha malakalarini oshirdilar. Malaka oshirish na faqat yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida balki chet el universitetlarida ham olib borildi. Kafedra dotsenti Majidov T.Sh. Erasmus Mundus External Cooperation Window dasturi doirasida Shvetsiyaning Lund universitetida 3 oylik malaka oshirish kurslarida boʼlib qaytdi. Hozirgi kunda Lund universiteti bilan aspirantlar almashish toʼgʼrisida kelishuv imzolangan. Kafedra dotsenti T.Majidov 2012 yilning 23 aprelidan 02 mayigacha Yaponiyaning “Kubota” korporatsiyasida boʼlib, Jizzax viloyatida 3-son nasos stantsiyasiga oʼrnatish uchun tayyorlangan nasos agregatlarini qabul qilishda hamda “Nasos agregatlarini ishlab chiqarayotgan zavodlarda oʼtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish va natijasi yuzasidan dalolatnoam tuzish” ishlarida qatnashdi. Zavod va institut maʼmuriyati oʼrtasida har yili, kafedradagi yoʼnalish va mutaxassislik talabalari, ishlab chiqarish amaliyotini Yaponiyaning Xirakata zavodida oʼtishlari toʼgʼrisida Shartnoma tuzildi. Bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga hamda kafedra laboratoriyasini jihozlashga ham zavod maʼlum miqdorda mablagʼ ajratish istagini bildirdi.

Kafedrada oʼquv, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini oʼtkazishga juda masʼuliyat bilan qaraldi. Oʼquv amaliyotlarida talabalarni kafedra laboratoriyasi bilan tanishtirish bilan bir qatorda, Toshkent shahri va viloyatidagi nasos stantsiyalari, nasoslarni ishlab chiqaruvchi va taʼmirlov-chi korxonalar, gidroelektrostantsiyalar, noanaʼnaviy energiya manbalaridan foydalanish — quyosh energiyasi yordamida isitish va elektroenergiya olish qurilmalari koʼrsatiladi. Ishlab chiqarish amaliyotlari, qurilayotgan, taʼmirlanayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan energetik obʼektlar oʼtkaziladi. Surxondaryoda qurilayotgan Toʼpalang suv ombori qoshidagi GES, Chirchiq-Boʼzsuv energetik kaskadidagi GESlar, Farhod GESi, Ohangaron va Ertoshsoy GESlari, nasoslar ishlab chiqaruvchi va taʼmirlovchi «Suvmash» zavodi, rekonstruktsiya qilinayotgan «Norpay» nasos stantsiyasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar «Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa» boshqarmalarining nasos stantsiyalari va boshqalar shular jumlasidandir. Bitiruv oldi amaliyotlari ham yuqorida keltirlgan tashkilotlarda oʼtkaziladi va malaka-bitiruv ishlarini tayyorlash uchun ulardagi obʼektlar toʼgʼrisida materiallar toʼplanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti «Cuv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish» kafedrasining soha boʼyicha ishlab-chiqarish bilan uzviy aloqasini taʼminlash, talabalarga bilim berish va professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek joriy va ishlab-chiqarish amaliyotini tashkil qilish,amaliy hamda homiylik yordami koʼrsatish boʼyichachora-tadbirlar rejasiga asosan kafedraga Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligining«Oʼzsuvenergo» ixtisoslashgan Birlashmasi, «Quyi-Sirdaryo» ITXB hamda «Qarshi magistral kanali» boshqarmalari birkitilgan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotlarning amaliy yordami natijasida, kafedra laboratoriyalari jihozlari butlanmoqda, oʼquv jarayonini uslubiy va oʼquv adabiyotlari bilan toʼliq taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda, talabalar va professor-oʼqituvchilarni ekspluatatsiya qilinayotgan va qurilayotgan gidroenergetik obʼektlar bilan tanishtirish ishlari olib borilmoqda, gidroenergetik obʼektlardi talabalarning oʼquv va ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil qilinib oʼtkazilmoqda.

Kafedra professor-oʼqituvchilari pedagogik faoliyati bilan bir qatorda, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda suv tanqisligi davrida nasos qurilmalarini oʼrnatish, ularni ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash, energoresurslardan samarali foydalanish toʼgʼrisida dala va oʼquv seminar mashgʼulotlari oʼtkazishadi, ommaviy-axborot vositalari-televidenie, radio hamda gazeta va jurnallarda har xil maqolalar bilan chiqishlar qiladilar.