Ilmiy ishlar
Kafedraga ilmiy xodimlarni tayyorlash 1-kurs talabalari bilan ishlashdan boshlanadi. Kafedrada a’lochi va iqtidorli talabalar uchun, «Gidroenergetik qurilmalar» ilmiy to‘garagi tashkil qilingan. Har yili kafedrada o‘tiladigan asosiy fanlar – «Nasos va nasos stansiyalari» hamda «Gidroelektrostansiyalar» fanlaridan olimpiadalar o‘tkazilib kelinmoqda. Ilmiy to‘garak va olimpiadalarda erishilgan yutuqlarning natijalari ilmiy maqolalar shaklida chop qilinadi. SHuningdek malaka-bitiruv yoki magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda ilmiy maqolalardan samarali foydalaniladi hamda ishlab chiqarishga joriy qilinadi.
Kafedra professor – o‘qituvchilarining tarkibini to‘ldirish uchun, kafedrada ochilgan mutaxassisliklarni tugatgan yoshlar, kafedrada pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanishga olib qolinmoqda. Pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ular, respublikaning gidroenergetik ob’ekt- (nasos stansiyalari va GES)laridagi muammolarni echish mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ham ish olib bormoqdalar.
1.Irrigatsiya nasos stansiyalarida suvning beturg‘un harakatini boshqarish texnologiyasining me’yoriy (mezoniy) qiymatlarini aniqlash.
Ishning maqsadi:
Kanal-nasos stansiyasi tizimi uchun ishlab chiqilgan matematik modelning fizik xolatga mos kelishi, tajribalar o‘tkazib aniqlanadi. Olingan natijalar bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etiladi. Yillik oraliq hisobot tayyorlanadi.
2. Gidroenergetika qurilmalaridan foydalanish samaradoriligini oshirish va resurs tejamkor texnologiyalarni tadbiq qilish
Ishning maqsadi:
Respublika nasos stansiyalari va GESlarda foydalanilayotgan gidroenergetika qurilmalari samaradorligini oshirish va resurs tejam-kor texnologiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.