Ilmiy ishlar

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan Ukraina, Rossiya, Qozog‘izstonning ilmiy jurnallarida keyingi 10 yilda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedrada 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq metodik qo‘rsatma, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari asosida foydali modelga patent talabnomasi tayyorlab topshirildi va Uzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan foydali model –Kultivator seyalkaga raqamli FAP 01089 –patenti va PJG universal osma purkagiChi talab qiladigan quvvatini nazariy aniqlash  IAP 05696 patentlari va ПАТЕНТ на полезную модель №195352  ‘‘Распределитель для распылителей вентиляторного опрыскивателя’’  berildi. Foydali model muallifi Urishev A.E.

 

Ilmiy ish mavzusi

Ishning maqsad va vazifalari

1

Chizma geometriya fanini axborot texnalogiyalar vositasida o‘qitish metodikasi

Chizma geometriya fanini axborot texnologiyalar vositasida o‘qitish metodikasini ishlab chiqadi va uni o‘quv jarayoniga tatbiq qiladi

2

Psixologik va pedagogik o‘lchovlar asosida muhandislik grafikasidan vazifalar tizimini ishlab chiqishning nazariyasi va amaliyoti

Psixologik va pedagogik o‘lchovlar asosida muhandislik grafikasidan vazifalar tizimini ishlab chiqishning nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ilmiy ishlar olib boradi