Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan Ukraina, Rossiya, Qozog‘izstonning ilmiy jurnallarida keyingi 10 yilda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedrada 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq metodik ko‘rsatma, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari asosida foydali modelga patent talabnomasi tayyorlab topshirildi va O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagi foydali modellar uchun patent berildi:
Mualliflik guvohnomalari:
№ |
Ilmiy ish mavzusi |
Ilmiy ish mavzusi |
Ishning maqsad va vazifalari |
1 |
05.01.01- “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi” “Audio i vedio texnologiyalar” (pedagogika fanlari)” |
“Gidrotexnika inshootlarini loyihalshda geometrik modellashtirish usullarini qo’llash” |
Gidrotexnika inshootlarini loyihalash jarayoniga geometrik modellashtirish usullarini qo‘llash algoritmlarini ishlab chiqish va loyihalash jarayoni samarasini oshirishda qo‘llash. |
2 |
13.00.02. “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari) |
‘‘ChIZMACHILIK FANINI MASOFAVIY O‘QITISHDA DIDAKTIK TALABLARNI TA’MINLASH MUAMMOLARI” |
Talabalarga masofaviy ta’limda mashg‘ulotlarni to‘laqonli yetkazish uchun avvalam bor talabalar uchun masofaviy ta’limda o‘qish uchun muhit talab etiladi. Shundan kelib chiqib tadqiqot ishimning maqsadi etib masofaviy ta’limda chizmachilikni o‘qitishda uning didaktikasini ta’minoti deb oldim |