Fakultet yangiliklari

“Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-oʻrinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali “Gidrotexnika qurilishi” yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Ravshanov Umid Xalil oʻgʻli egalladi.
19.01.2019

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2019 yil 31 yanvar kuni institutimizning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 5A450402
02.02.2019

Joriy yilning 5 fevral kuni 2 - TTJ ma'naviyat xonasida tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalar bilan "Mavjud bo'lmagan hayvon", "Mening tamg'am" metodikalarini o'tkazdilar.
07.02.2019

Ma’lumki, fevral oyi bu chinakam ma’noda go‘zal va g‘azal oyidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki dunyo badiiy adabiyotida ikkita gigant siymo hazrat Navoiy va Boburning tavalludlari munosabati bilan she’rxonlik kechalari tashkil etilishi har yili an’ana tusini olgan.
18.02.2019

1 - mart Oʻzbek xalqining sevimli adibasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan institutimiz talaba qizlari va fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdilar. U yerda Shoira Zulfiyaxonimni eslab, Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoʻyishdilar.
02.03.2019

13 mart kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tarkibidagi “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 409 - guruhda tahsil olayotgan talabalar uchun “Gidroelektrostansiya jihozlari. Gidroagregatlar” mavzusida Gidroelektrostansiyalar fanidan maʼruza oʻqildi.
19.03.2019

“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasida “Nazariy mexanika”fani bo'yicha 1-bosqich Respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Respublika fan olimpiadasi 1-bosqich olimpiadasida institutning “Suv xo’jaligi va melioratsiya”, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, Gidrotexnika qurilishi, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash bakalavriat yo’nalishlaridan 17 nafar talabalari ishtirok etishdi. Respublika fan olimpiadasi yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida o’tkazildi.
27.03.2019

“Nasos va nasos stansiyalari” va “Gidroelektrostansiyalar” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi boʻlib oʻtdi.
02.04.2019

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent Pediatriya instituti litseyida 2019 yilning 28-martida olimlar bilan litsey oʻquvchilarining “Navroʻz” bayrami arafasida uchrashuvi oʻtkazildi. Bu uchrashuvda Oʻz FA vitse-prezidenti, akademiklar B.T.Ibragimov, A,T.Jalilov, M.M.Mirsaidovlar, professorlar X. Kimsanboyev, B. Zaripov, J. Xusanovlar qatnashdilar. Uchrashuvni litsey direktori prof. O.E.Eshonqulov olib bordi. Bu uchrashuvda litsey oʻqituvchilari va 150 dan ortiq litseyning jahon olimpiada gʻoliblari va faol oʻquvchilari qatnashishdi.
02.04.2019

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 2 - bosqich 6 - guruh talabalari va guruh murabbiyi “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi E.Toshmatov rahbarligida jannatmakon yurtimizning Samarqand shahriga sayohat qilishdi.
03.04.2019

Toshmatov Elyor Sobirovichning 2019 yil 10 aprel B-325 auditoriasida Kaspiy ta’lim Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yo‘nalishi 2 bosqich 12 gurux talabalariga o‘tkazilgan “Materiallar qarshiligi” fanida “Balkalarning egilish xaqidagi umumiy muloxazalar. Sof egilish, kundalang egilish, tekis egilish. Tayanch reaksiyalarini topish” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsida Balkalarning egilish xaqidagi umumiy muloxazalar, ularni hisoblashning amaliyotda keng tarqalgan usullari va ularning qo‘llanilishi tartibi ko‘rsatib berildi.
12.04.2019

16 aprel kuni 2-Talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbusi bilan "Yo'l - qoidasi, umr - foydasi" mavzusida talabalar bilan davra suhbati uyushtirildi.
17.04.2019

“Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.X.Urinov “Qurilish mexanikasi. Inshootlar zilzilabardoshligi” fanidan “Uch sharnirli arka hisobi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazdi.
30.04.2019

2019 yil 7 may kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.R.Ro‘ziboev hamda bir guruh iqtidorli talabalar birgalikda Lashkarbegi mahallasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari general - mayor Abdullajon Artikbaev va Musin Irik Xarasovichlarning uylariga mahalla raisi Raximov Shermat bilan birgalikda tashrif buyurishdi.
10.05.2019

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
22.06.2019

GIM fakulteti GIM kafedrasi dotsenti S.Vafoyev hamda stajyor-o‘qituvchisi S.Xolovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” sobiq “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi Xalqaro konferensiyasida Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar sho‘basida faol ishtirok etishdi.
15.01.2020

Talaba-yoshlarning qishki ta’til vaqtida joriy yilning 24 dekabridan 2020 yil 6 yanvar kunlarida institut professor - o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol-tennis hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” an’anaviy spartakiada musobaqalari yuqori saviyada qizg‘in tarzda o‘tkazilib g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
15.01.2020

2020 -2021 o‘quv yili uchun Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan yangi 5140300...
14.07.2020

“Gidrotexnika qurilishi” fakultetining talabasi Uralova Dilroz Zanil qizi “Biz korrupsiyasiga qarshimiz” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha masofaviy respublika tanlovida 2 – darajali diplom bilan hamda “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining talabasi Abdumuminova Dilnoza Akromjon qizi “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha masofaviy respublika tanlovining 3 – darajali diplomi bilan taqdirlandilar.
11.07.2020