“Rektor kubogi” an’anaviy spartakiadasi

Talaba-yoshlarning qishki ta’til vaqtida joriy yilning 24 dekabridan 2020 yil 6 yanvar kunlarida institut professor - o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol-tennis hamda shaxmat-shashka turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” an’anaviy spartakiada musobaqalari yuqori saviyada qizg‘in tarzda o‘tkazilib g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Stol-tennis bo‘yicha 4 yanvar kuni erkaklar o‘rtasida musobaqa yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur musobaqada jami 30 dan ortiq erkaklar faol ishtirok etishdilar. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.

1-o‘rin Rektorat jamoasidan Xaydarov Zuxriddinga,

2-o‘rin YeRB fakulteti jamoasidan Jo‘raev Abdullaga,

3-o‘rin GIM fakulteti jamoasi Turdibekov Ilhomga nasib etdi.

Shaxmat bo‘yicha 4 yanvar kuni erkaklar o‘rtasida bellashuv yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur musobaqada jami 40 dan ortiq xodimlar faol ishtirok etishdi. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.

1-o‘rin GTQ fakulteti jamoasidan Berdiev Mustafoga,

2-o‘rin SXTEB fakulteti jamoasidan Begov Fayzulloga,

3-o‘rin esa GTQ fakulteti jamoasi Uralov Baxtiyor hamda GM fakulteti jamoasidan Primqulov Akbarga nasib etdi.

Shashka bo‘yicha 4-6 yanvar kunlari erkaklar o‘rtasida bellashuv yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur musobaqada jami 30 dan ortiq xodimlar faol ishtirok etishdilar. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.

1-o‘rinni GM fakulteti jamoasidan Norqobilov Muhiddin,

2-o‘rinni SXTEB fakulteti jamoasidan Namozov Jo‘rabek,

3-o‘rinni esa GTQ fakulteti jamoasidan Ikramov Nazirjon egalladi.

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri M. Norqobilov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov