Ochiq ma’ruza darsi

Nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi Toshmatov Elyor Sobirovichning 2019 yil 10 aprel B-325 auditoriasida  Kaspiy ta’lim Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yo‘nalishi 2 bosqich 12 gurux talabalariga  o‘tkazilgan  “Materiallar qarshiligi”  fanida “Balkalarning egilish xaqidagi umumiy muloxazalar. Sof egilish,  kundalang egilish, tekis egilish. Tayanch reaksiyalarini topish” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsida Balkalarning egilish xaqidagi umumiy muloxazalar, ularni hisoblashning amaliyotda keng tarqalgan usullari va ularning qo‘llanilishi tartibi ko‘rsatib berildi. Bunda ma’ruzachi egilishga ishlayotgan balkani aniq ko‘priklar misolida tushuntirib  berdi, ularning afzallik va kamchiliklariga urg‘u berib o‘tdi. Ma’ruza davomida aytilgan fikrlar aniq misollar bilan to‘ldirib borildi. Ma’ruza vaqtida matnga muvofiq slaydlar ko‘rsatib borildi, talabalarga tarqatma materiallar berildi va pedagogik texnologiyalardan ham foydalanildi.  Axborot texnologiyalaridan foydalanib “Epyurы” nomli dastur yordamida balkaning egilishiga misol yechildi. Ma’ruza jarayoni o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi faollik bilan olib borildi. Ma’ruzachi talabalarning barcha savollariga qisqa, aniq va tushunarli javoblar berdi. Mashg‘ulot qisqa blis-so‘rovi va assesment baxolash orqali talabalar bilimini baholash bilan yakunlandi. Ochiq ma’ruza darsda TAQI dotsenti S.A.Abdukadыrov va institutimizning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.