FILIALIMIZ FAXRI

2019 yilning 16 yanvar kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ilk marotaba oʻtkazilgan “Yil talabasi” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tanlov oliy taʼlim muasssasalari talabalari oʻrtasida 3 bosqichda oʻtkazilib, unda jami 316 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tanlovning “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-oʻrinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali “Gidrotexnika qurilishi” yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Ravshanov Umid Xalil oʻgʻli egalladi. Ushbu yutuq bilan Ravshanov Umidni barcha professor-oʻqituvchilar va talabalar nomidan muborakbod etib, uning kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Filialimiz faxri boʻlgan Ravshanov Umidjon Xalil oʻgʻliga tegishli maʼlumotlarni keltirib oʻtishni maqsadga muvofiq deb bildik.

1993 yil, Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻulgan. Maʼlumoti tugallanmagan oliy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali talabasi, 2016 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topganligining 15 yilligi munosabati bilan “Kamolot-sen tayanchim, ahdim, suyanchim!” shiori ostida yoshlar festivalida faol ishtirok etganligi hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda tashabbuskorligi bilan namuna koʻrsatganligi uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2017 yil 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan

“Oʻzbekiston - mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxr-u gʻururimiz” shiori ostidagi yoshlar harbiy vatanparvarlik festivalini yuqori saviyada tashkillashtirishda qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan. 2017 yil “Chizma geometriya va chizmachilik” fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida faol ishtiroki uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2017 yil “Biz chempion” shiori ostida yoʻl toʻsigʻidan oʻtishda jamoalar va individual ishtirokchilar oʻrtasidagi anʼanaviy “Mega sport” musobaqasida yaqindan hamkorlik qilganligi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2017 yil “Yosh Fermerlar 2017” Respublika koʻrik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichini oʻtkazishda faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2018 yil “Mening mahallamda jinoyat boʻlmasligi kerak” shiori ostida Buxoro shaxar IIB profilaktika inspektorlariga koʻmaklashib yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan “Jasorat” klubi aʼzosi sifatida Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2018 yil Talabalarning innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar yarmarkasida faol ishtiroki uchun 2-darajali Diplom bilan taqdirlangan. 2018 yil “Oʻzbekiston yoshlar buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi” shiori ostida oʻtkazilgan maqolalar tanlovida faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2018 yil “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi” stipendiyasining Respublika bosqichi ishtirokchisi.

2018 yil 17 noyabr 2017-2018 oʻquv yili uchun “Yil talabasi” Respublika koʻrik tanlovining “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin sohibi. Uning ilmiy-amaliy anjumanlarda 6 ta, halqaro konferensiya va jurnallarda 6 ta, 1 ta oʻquv-uslubiy koʻrsatmalari chop etilgan. Institutimiz jamoasi nomidan filialimiz faxrini samimiy tabriklaymiz va unga yangidan yangi omadlar tilab qolamiz.

INSTITUT MATBUOT KOTIBI RAHIMBOY JUMANIYOZOV