“Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda magistrlarining Jizzax Bosh nasos stansiyasiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3702-son “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2019 yil 31 yanvar kuni institutimizning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 5A450402 “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” mutaxassisligi 1 va 2 kurs talabalari yirik nasos stansiyalari bilan tanishish maqsadida Jizzax Bosh nasos stansiyasiga tashrif buyurishdi.

 

 “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari  ro‘yxati:

  1. Majidov Toxir
  2. Ergashev Rustam
  3. Xidirov Sanat
  4. Berdiev Mustafo

5A450402 “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” mutaxassisligi 1 kurs magistrantlari (126- guruhlar):

1. Muxamadjonov Axmadjon

2. Nazarov Bobur

3. Nasirov Batiyxan

4. Turdieva Dilnoza

5A450402 “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi” mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari 2-kurs (210 guruh):

1. Xolbo‘taev Boybek

2. Xazratqulov Islomjon

3. Xikmatullaev Alisher

4. Shodmonov Dilbek

Bizni iliq kutib olgan Jizzax Bosh nasos stansiyasining boshlig‘i Radjabov Sharofjon Djumaevich nasos stansiyasining tarixi, qurilishni boshqargan va unda faol ishtirok etgan mutaxassislar bilan, 40 yildan ortiq ekspluatatsiya qilish davrida ishlagan boshliqlar va injener-texnik xodimlarning faoliyati bilan tanishtirdi. So‘ngra nasos stansiyasining gidrotexnik inshootlari, mexanik, gidromexanik hamda gidroenergetik jihozlari, boshqaruv  mexanizmlari majmuasi bilan tanishtirdi. Nasos agregatlarini ishga tushirish, ekspluatatsiya qilish va to‘xtatish jarayonlari hamda favqulodda vaziyatlarda har bir ishchi xodimning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Uchrashuv oxirida guruh rahbari dos. T.Majidov institut rahbariyati, kafedra mudiri va a’zolari nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

SE va NSF kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. D.R.Bazarov