Millat tanlamas illatlardan ogohlik

2-Talabalar turar joyi to'rtinchi va beshinchi qavat foyesida GTS, QSXEA fakulteti talabalari bilan "Biz yoshlar OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. OIV (VICh) – Odam organizmidagi Immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta'sir qiladi. OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi. OIV-infeksiyasida odam organizmiga tushgan virus ta'siriga immunitet tizimi ma'lum darajada javob qaytaradi. Kasallik alomatlari deyarli bo‘lmaydi. Uni faqat laboratoriya tekshirishlari ko‘rsatadi. Virus miqdori oshib, immun tizim sustlashib ikkilamchi kasalliklar rivojlanishi mumkin. Shu vaqtdan OITS davri boshlangan hisoblanadi. Bu davr uchun xos bo‘lgan alomatlar yo‘q. Zeroki, bu davrda organizmda duch kelgan mikrob kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun bu davr tuzalishi qiyin bo‘lgan turli-tuman kasallik alomatlari bilan namoyon bo‘ladi. Infektsiya yuqqan dastlabki davrlarda odam o‘zini sog‘lom his etishi mumkin. Bunday holat hech qanday alomatlarsiz 8-10 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu davrda odam sog‘lomdek ko‘rinsa ham, o‘zi bilmagan holda, kasallik virusini boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori. Kasallik qaysi yo‘llar bilan yuqadi? Virus infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklarning

1. Qon orqali (parenteral yo‘l) 2. Jinsiy aloqa orqali 3. Kasallik yuqtirgan onadan homilaga vertikal yo‘l bilan homiladorlik davrida (jarohatlangan yo‘ldosh orqali) homilaga, tug‘ruq  jarayonida (tug‘ruq yo‘lida ona qoni orqali) va ona suti orqali chaqaloqqa yuqishi mumkin.

Qaysi hollarda OIV yuqmaydi?

Qo‘l berib ko‘rishganda,quchoqlashganda;

Yo‘talganda, aksa urganda;

Umumiy telefondan foydalanganda;

Hashorotlar chaqqanda;

Basseyn, hammom,  hojatxonadan umumiy foydalanilganda;

Umumiy idish-tovoqdan;

Kiyim-kechak va ko‘rpa - to‘shak orqali.                                                 

2017-yili O‘zbekistonda taxminan 1900 kishi OITS tufayli vafot etgan. Bu haqda BMTning OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi — YuNEYDS ma’lumotlariga tayanib, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi. Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom davra suhbati olib bordilar. GTS , QSXEA fakultet talabalari savol-javoblarda faol ishtirok etshdi.

          Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov