Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi

Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi kafedra mudiri

Yunusova Farida Raxmonberdievna

Kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Tel.:  +99871-237-19-97

Email: technology_water.construction@tiiame.uz

 

 


Kafedra 1929-yilda «O‘rta Osiyo irrigatsiya va suv xo‘jaligi instituti» («Среднеазиатский институт ирригации и водного хозяйства» SAIIVX) tarkibida «Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalashtirish» keyinchalik «Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi» nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraga 1929-1945-yillarda professor. V.V. Apolosov, 1945-1966-yillarda professor. Ye.G.Pospelov, 1966-1982-yillarda professor. A.G.Ostankov, 1982-1989-yillarda dotsent A.M.Valijonov, 1989-1993-yillarda dotsent P.U.Aliqulov, 1993-1999-yillarda dotsent N.R.Rahmatov, 1999-2004-yillarda professor B.B.Hasanov, 2004-2012-yillarda dotsent G‘.T.Davranov, 2012-2019-yillarda dotsent L.X.Irmuxamedova rahbarlik qilgan. Kafedrada professorlar Ye.F.Bulaevskiy, V.S.Shuvaev, A.G.Ostankov, dotsentlar E.G.Travin, M.M.Shapshal, Z.I.Shvab, K.K.Shubladze, E.M.Ostrovskiy, B.B.Korjavin, A.Ya.Sayganov, katta o‘qituvchilar A.N.Markanov, V.A.Marxlevskiy, N.V.Rahimova faoliyat yuritgan. N.P.Kiselev, L.A.Gavrilenko, P.A.Ostankov, B.B.Xasanov uzoq yillar davomida samarali mehnat qilishgan. Ilmiy-taqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish sohasida kafedrada o‘ziga xos tajriba mavjud bo‘lib, Katta Farg‘ona kanali qurilishi va Mirzacho‘lni o‘zlashtirishdan boshlab, hozirgi davrgacha kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy yechimlarini xalq xo‘jaligiga tadbiq qilishni davom ettirib kelmoqdalar. Professor V.F.Bulaevskiy rahbarligida Farg‘ona kanalida suvning tuproqqa shimilib isrof bo‘lishining oldini olish uchun uni quyma beton bilan qoplash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Olimlar B.B.Korjavin va N.V.Marxlevskiy 1970-yillarda grunt to‘g‘onlarni O‘zbekiston sharoitida «Gidromexanizatsiya» usuli bilan qurish texnologiyasi va uskunalarini yaratib, ishlab chiqarishga tadbiq qilganlar. N.P.Kiselev va P.A.Ostankov beton ishlari sohasidagi ilmiy ishlari natijalarini Qarshi magistral kanali, xo‘jaliklararo kanallar va xo‘jaliklar ichki sug‘orish tarmoqlari qurilishida qo‘llashgan. Dotsent A.Ya.Sayganov va aspirant B.B.Hasanov 1980-1986-yillarda sug‘orish va zax qochirish tarmoqlari qurilishi uchun mo‘ljallangan armaturasiz beton quvurlarni tayyorlashning yangi texnologiyasi va uskunasini yaratib, ishlab chiqarishga tadbiq etganlar. Professor A.G.Ostankov va assistent A.R.Muratov 1980-1990-yillarda gidromeliorativ qurilish uchun yig‘ma temir-beton buyumlarni tayyorlash texnologiyasini yaratganlar. 2023-yil fevralda kafedra nomi “Qurilishni tashkillashtirish va texnologiyasi”ga o‘zgartirildi.  2021-2023-yillar davomida kafedra tarkibidagi “Qurilish materiallari va gruntlar mexanikasi” laboratoriyasi rekonstruksiya qilindi va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga tayyorlandi. Bu o‘z navbatida kafedrada yangi “Qurilishda sifat nazorati” bakalavriyat  ta’lim yo‘nalishini ochish imkonini berdi. 2023-yil 02-noyabr kuni Avstriyaning “FELDER GROUP” kompaniyasi bilan hamkorlikda kafedrada “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion o‘quv markazi” tantanali ochildi va “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash imkoniyati yaratildi.  Markazda yog‘ochga ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirilgan zamonaviy uskunalar, kompyuter orqali   raqamli dasturlar yordamida boshqariladigan dastgohlar va klassik uskunalarda bajariladi. 1991-2023-yillar davomida o‘quv-uslubiy va ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 ta darslik, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya,  150 dan ortiq ilmiy maqola, 12 ta ixtiro va patentlar, 50 dan ortiq metodik ko‘rsatmalar, 10 dan ortiq tavsiyalar va informatsiya bukletlari chop etildi.


Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar