Madhiya mehr va faxr manbai

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari-bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini sevimli shoirimiz Abdulla Oripov yozgan va Mutal Burxonov musiqa bastalagan. Kuni kecha muhtasham Xalqlar do‘stligi san'at saroyida  O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ko‘tarinki ruhda umumxalq bayrami darajasida nishonlandi. Tantanali bayram tadbirida davlat idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jamoat birlashmalari rahbarlar, barcha institutlar, ular  qatorida Toshkent Irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirni  ochilishida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi. Tadbirda elimiz sevgan san'atkorlar dil tortar ko‘shiqlar bilan barchani xushnud etishdi. Tadbir barcha yig'ilganlarga manzur bo‘ldi.

TIQXMMI matbuot xizmati