25 oktyabr kuni «Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi» bo‘yicha Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

Respublikamiz Prezidentining Fanlar Akademiyasi xodimlari bilan 2018 - yilning o‘zida o‘tkazgan uchrashuvlari, respublikamiz  faniga, respublikamiz olimlariga, jumladan, mexanika faniga  berilayotgan yuksak e’tibordir. Ushbu uchrashuvlarda barcha  olimlarimiz oldiga, shuningdek,  mexanik  olimlarimiz oldiga ham ulkan vazifalar qo‘yildi. Bu vazifalarning eng  muhimi - mexanik olimlar ham,  respublikamiz  fani, iqtisodiyotini  rivojlanishiga  o‘zlarining  salmoqli  hissalarini  qo‘shishi  lozimligidir.

2018 - yil 25 - oktyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 6 - martdagi 178-F-sonli Farmoyishiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining tashabbusi va mas’ulligida 2018 - yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy - texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani institutimizda tashkil etildi.

“Mexanika” eng qadimiy fanlardan bo‘lib, Arximed, Pifagor, Galiley, Abu Rayhon Beruniy, Al – Xorazmiy, Al – Farg‘oniy, Mirzo – Ulug‘bek  davrlaridan beri rivojlanib kelmoqda. Hech  qanday  soha  yo‘qki, mexanika  faniga  ehtiyoji bo‘lmagan. Hozirgi fan va texnikaning  shiddatli  rivojlanayotgan davrida, o‘ta yangi texnika va texnologiyalar  yaratilayotgan  zamonda, mexanika fanining mavqei va roli yanada yuksalmoqda.

Anjumanda 7 ta sho‘bada mexanikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 170 dan ortiq ma’ruzalar tinglanib, 4 nafar akademik, 50 ga yaqin fan doktorlari va 40 dan ortiq fan nomzodlari o‘z dokladlari bilan qatnashishdi. Qolgan konferensiya qatnashchilarini yosh ilmiy xodimlar tashkil qildi. Shu jumladan, 1 ta ma’ruza AQSh davlatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz prof. D. Azimov tomonidan qilingan bo‘lib, yana 1 ta qo‘shma ma’ruza Isroil va TIQXMMI xodimlari tomonidan, 4 ta ma’ruza Rossiya professorlari tomonidan, 5 ta ma’ruza Qozog‘iston Respublikasi professorlari  va Ukraina davlati professori tomonidan 1 ta ma’ruza  qilindi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha sho‘ba raislari va yetakchi olimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, mexanikaning sohalari bo‘yicha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusidagi sohaning bajariladigan fundamental va amaliy yo‘nalishdagi ishlarning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Davra suhbatida qatnashgan olimlar bugungi konferensiyani asosiy natijalari - barcha mexanika sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan olimlarni birlashtirganligini, olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni barchaga tanishtirilishiga, o‘sib kelayotgan yosh avlod bilan ustoz-shogird asosida o‘zaro birga ishlash uchu asos yaratdi deb ta’kidlandi. Davra suhbatida qatnashgan barcha domlalar olimlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning ko‘p qismi amaliyotda uzoqligi haqida gapirilib, kelgusida bajariladigan ishlarimizni Respublikamizda dolzarb bo‘lib turgan masalalarni yechishga qaratilib, iqtisodiyotimizni rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak deb ta’kidlashdi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti professori B.Xo‘jayorov har 2 yilda shunday konferensiyani Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida o‘tkazib, qilgan ishlarimizni sarhisob qilib turish kerakligi, mexanik olimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani mustahkamlash uchun matematiklarga o‘xshab  “Mexaniklar” jamiyati tuzish bilan har 2 yilda “Mexanika” bo‘yicha s’ezdlar o‘tkazilishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr bildirdi. Asosiy muammolardan yana biri shuki, talabalarni “Mexanika” fanlaridan bilimlari ancha  susayganligi, shuning uchun ular mutaxassislik fanlarini yaxshi o‘zlashtirisha olmayotganliklarini, ish joylariga borganda ularni mustaqil fikr yuritishlari ancha past bo‘lganligi uchun ish joylarida yaxshi ishni uddalab keta olishmayotganligini, buning sababi  “Mexanika”ga ajratilgan soatlarni kamayib ketganli va ba’zi yosh o‘qituvchilarimizni  saviyasi past bo‘layotganligini hamda malaka oshirishni fanlar bo‘yicha tashkil qilib, yosh o‘qituvchilarimizni ko‘p narsaga o‘rgatish kerakligi aytildi. Shu bilan birga talabalarimizga quruq formulalarni yod olishni o‘rgatish bilan cheklanmasdan ularga mexanika masalalarini yechishda mustaqil fikrlashni o‘rgatishimiz kerakligi, “Mexaniklar” jamiyatini tuzishda asosiy maqsadlardan biri, fan bo‘yicha dasturlarni zamon talabiga moslab, talabalarni fan bo‘yicha salohiyatini ko‘tarish zarurligi fikrini bildirdi. Albatta bu konferensiyada e’tirof qilingan eng yaxshi natijalarni nufuzli jurnallarda chop qilishga qarorlar qabul qilib, mualliflarimizni rag‘batlantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish lozim.

Yana bir asosiy masala yoshlardan sifatli fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlashga katta e’tibor berishimiz kerak, chunki mexanika fani bo‘yicha fan doktorlarini yoshi 2 yil oldin 69 yosh edi. Hozir sal pasaygan. Mana qabul shaffof bo‘layapti, 2 yildan beri shularni ichida iqtidorli yoshlarni topib ular bilan ishlashimiz kerak. Ko‘pchilik o‘ylaydiki “Mavzu berib ko‘ysangiz o‘larini o‘zi ilmiy ishlarini bajaradi” deb, yo‘q unday emas, hozirgi kunda kadrlar tayyorlash uchun yoshlar bilan birga ishlash kerak. Shunda biz o‘zimizni o‘rnimizga salohiyatli yoshlarni qoldira olamiz. Bu masalalar bilan ham “Mexanika” jamiyati vazirliklar bilan birgalikda shug‘ullanishi kerak bo‘ladi – deydi Toshkent davlat texnika universiteti professori K.Karimov.

Ayniqsa, dissertatsiya ishlarini bajarganda hozirgi davlatimizni talabida kelib chiqib iqtisodni rivojlantirishga qaratilgan mavzu bo‘yicha ish olib borish kerak. Chunki dissertatsiya himoya qilingandan keyin chang bosib kutubxona va shkaflarda qolib ketmasligi kerak degan fikrlar O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri, f-m.f.d., professor K.Sultanov.

Davra suhbatida ishtirok etgan Ural davlat temir yo‘llari universiteti (Ekaterinburg shahri, Rossiya) professori, t.f.d. X.Turanov tomonidan O‘zbekiston uchun xizmat qilgan ulug‘ ustozlarni xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida ham o‘ylash kerakligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, sobiq Ittifoq mehnat qaxramoni, Moskva davlat universiteti kafedra mudiri X.A.Raxmatulin respublikamiz uchun 10 lab fan doktorlarini va 50 ga yaqin fan nomzodlarini tayyorlaganligi,  lekin bu kishini nomi respublikamizning hech qaerida yo‘qligi aytib, u kishining xotirasiga bag‘ishlab konferensiyalar o‘tkazish, tegishli vazirlik va idoralar rahbariyatlaridan nomlarini abadiylashtirishni so‘rasak katta ish bo‘lardi deydi. Huddi shu kishidek akademik T.J.Juraevni, akademik X.X.Usmanxodjaevni, akademik D.F.Fayzullaev va boshqa akademik - olimlarimizni ham eslab turish respublikamiz mexaniklarining oldida turgan ham qarz va farz masalalalardan biridir.

Hozirgi vaqtda respublikamizda juda yechilish kerak bo‘lgan masalalar turganiga qaramasdan bizlar ko‘proq hamkorlarni chetdan qidiramiz. Men ham bugungi konferensiya bizning institumiz shug‘illanadigan muammolarning aksariyatini mexaniklar bilan birga yechish imkoniyatimiz borligini ko‘rdim. Demak, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirsak yanada ijobiy natijalarga erishishimiz mumkinligini yaqqol ko‘rdim. Rogun GESi  ekspertizasi bo‘yicha ishlaganimizda bizga mexanik muammolar bo‘yicha  maslahat beradigan mutaxassisni topishga juda qiynaldik, agarda birgalikda ish olib borganimizda bu muammoni yechish uchun mutaxassisni respublikamizdan topishimiz mumkin edi. Shuning uchun, o‘zaro hamkorlikda ishlashni kuchaytiraylik degan fikrlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instiuti professori, t.f.d. A.Saloxiddinov.

Bo‘lib o‘tgan konferensiya va uning yakuni bo‘yicha tashkil etilgan davra suhbati juda yuqori  darajada bo‘lib o‘tdi. Buni tashkil qilishda ishtirok etganlarga va tashkiliy ishlarni o‘z zimmasiga olgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyatiga, ayniqsa institut rektori prof. O‘.P.Umurzakovga barcha davra suhbati qatnashchilari o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, institutning bundan ham ravnaq topib, Respublikamizdagina emas, balki Markaziy Osiyoda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga tilaklar bildirishdi.

                                                                        Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov