Qoidani bilish foydali

16 aprel kuni 2-Talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom tashabbusi bilan "Yo'l - qoidasi, umr - foydasi" mavzusida talabalar bilan davra suhbati uyushtirildi. Davra suhbatini Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati inspektori leytenant Davletshin Nail Ravilyevich olib bordi. Yosh avlodni hayotini asrash, ularning sog'lom va baquvvat kishilar qilib yetishtirish muhim vazifa hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida yo'l-transport harakati xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar shu maqsadga qaratilgandir.

Haqiqatan ham butun oquv yili davomida yo'lkalar, chorraha-yu, burulishlar,  talabalar bilan gavjum bo'ladi. Ular qachon va qaysi yo'ldan yurishlarini borayotgan avtomobillarga duch kelishadi, yo'l belgilarini,  yonayotgan svetofor chiroqlarini uchratishadi. Ko'cha va chorrahalarni kesib o'tishda ular yo'l harakati qoidasini yaxshi bilmoqlari va unga qat`iy rioya qilmoqlari zarurligi aytib o'tildi. Nail Ravilyevich talabalarni qiziqtirgan turli savollarga javob berdilar. Davra suhbati juda qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi. GTS fakulteti dekan o'rinbosari Azimov Azam, GIM fakulteti kafedrasi o'qituvchisi Raxmonov B.M. va GIM, GTS, QSXET talabalari qatnashishdi.

Tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov