Treningning ta’sirchan manbai

Joriy yilning 5 fevral kuni 2 - TTJ  ma'naviyat xonasida tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom talabalar bilan  "Mavjud bo'lmagan hayvon", "Mening tamg'am" metodikalarini o'tkazdilar. "Mavjud bo'lmagan hayvon" metodikasi orqali talabaning qay darajada agressivlik holati, o'ziga bergan bahosi, yetishmaydigan xislatlar aniqlanadi.

"Mening tamg'am" metodikasi orqali talabaning shiori, qiziqishi, ishi, qadrlagan narsasi, maqsadi aniqlanadi. Metodikalar psixologik diagnostika qilindi va talabalarga kerakli maslahatlar berildi. GTQ, QSXET, GIM talabalari qatnashishdi.

Psixologik trening juda qiziqarli tarzda o'tkazildi. Muammoli talabar bilan induvidal shug'ullanishga taklif etildi.

QSXET fakulteti talabasi Raximova Nilufar axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov