Ruhiyatshunos maslahati 

2020-yil 01-dekabr kuni soat 13:30 da 1-maʼruzalar zalida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-bosqichga qabul qilingan talabalari bilan Institut psixologi Muhammedova Muhayyo Kamolxonovna bilan uchrashuv oʼtkazildi. Tadbir fakultet dekani B.Hasanov kirish soʼzi bilan ochib berib, 1-bosqich talabalarini Institut ichki-tartib qoidalari, fakultetda tashkil etilayotgan oʼquv jarayoni mazmun-mohiyati, oraliq va yakuniy nazoratlar boshlanishi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi va talabalarga odob-axloq qoidalari toʼgʼrisida tushuntirish olib bordi. Institut psixologi Muhayyo Muhammedova talabalarga psixologning vazifalari, psixologik treninglar, talabalar bilan individual suhbatlar oʼtkazish tartiblari xususida maslahatlar va tushuntirish ishlarini olib bordilar. Tadbirda fakulьtet dekani, dekan oʼrinbosarlari va barcha 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Tadbir qizgʼin savol-javoblar asosida boʼlib oʼtdi.

TIQXMMI matbuot xizmati