To'garaklar
Talabalar ilmiy jamiyatida yil boshida tuzilgan rejaga asosan ish olib boriladi. Kafedrada aʼlochi va iqtidorli talabalar bilan muntazam ishlash va ularni maqsadli tayyorlash uchun bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari talabalari va magistrantlar orasidan ilmiy-tadqiqotlar bilan shugʼullanishni istaganlari aniqlanib, ular bilan suhbat oʼtkazildi va qiziqqan yoʼnalishiga qarab masʼul rahbarlar belgilandi. Kafedrada “Gidroenergetik qurilmalar” ilmiy toʼgaragi mavjud. Kafedrada boʼyicha 35 nafar talaba va 7 nafar magistrant ilmiy toʼgaraklarga jalb etilgan. Ilmiy rahbarlar har bir talaba bilan alohida suhbatlashib, ularga eng dolzarb muammolar boʼyicha tadqiqot mavzularini berishdi. Аksariyat mavzular bir vaqtning oʼzida magistrlik dissertatsiyalari va Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari etib ham belgilandi.
TIJda shugʼullanayotgan talabalarning ilmiy ishlari va izlanish natijalari kafedra yigʼilishlarida muhokama qilinib, loyiq deb topilgan ilmiy maqolalarga chop etish uchun tavsiyalar beriladi. Kafedrada barcha professor-oʼqituvchilari toʼgarakga aʼzo talabalarga biriktirilib, tugarak ish rejasi, mashgʼulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashgʼulotlar grafigiga asosan toʼgarak aʼzolari xaftaning juma kunlari 15:00 dan 16:00 gacha B bino 308a-xonada mashgʼulotlar oʼtkazishadi.
Toʼgarakda quyidagi mavzular koʼrilishi rejalashtirilgan.
1. Svobodnopotochnie mikro GES: konstruktsii, problemi, perspektivi.
2. Primeneniya ustanovki gidroelevatora v selyax ochistki akvatorii vxodnogo ogolovka 1-go yarusa vodosbrosnogo soorujeniya Tupalangskoy GES ot otlojivщixsya nanosov.
- Gidroenergetik qurilmalarni diagnostika qilish texnologiyasi.
4. Gidroturbinada kavitatsiya xodisasi.
5. Nasos stantsiyasining mashina kanallardagi gidravlik qarshiliklarini hisoblash usullari.
6. Quduqli nasos stantsiyalarini espluatatsiya qilish usullari
7. Opredelenie kavitatsionogo iznosa protochnoy chasti nasosa.
8. GES lardagi suv soʼndirgichlarni xisobi va mustaxkam-ligini tekshirish.
9. Nasos stantsiyalari sifonli suv olish inshootlaridagi vakuumni uzish moslamasi ishini tadqiq qilish
10. Nasos stantsiyasi suv oltsh inshootiga oʼrnatilgan xas-xashaklarni tutib qoluvchi panjara konstruktsiyasini hamda uni tozalash mexanizmini takomillashtirish.
Toʼgarakning masʼul rahbari dots Norqulov B,
tel: +998(94)622-09-18