O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

Nasos va nasos stansiyalari

Barcha nasoslarni turlari, ishlash prinsiplari, konstruksiyalari va qo‘llanish sohalari, nasos stansiyalari turlari, ulardagi gidrotexnik inshootlar, asosiy va yordamchi gidromexanik va gidroenergetik jihozlarni konstruksiyalari, ularni loyihalashtirish va foydalanish o‘rgatiladi.

Quduqli nasos qurilmalari

Mavjud quduqli nasos qurilmalarni konstruksiyalari, ishlash prinsiplari, qo‘llanish sohalari va ularni loyihalashtirish, foydalanish prinsiplari o‘rgati-ladi

Nasos stansiyalaridan foydalanish

Nasos stansiyalarda ishlatiladigan gidrotexnik inshootlar va barcha gidromexanik va gidroenergetik jihozlarga xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash tartib-qoidalarini o‘rgatiladi.

Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish

Gidroenergetik qurilmalar konstruksiyalari tahlil qilinadi va ulardan foydalanish qonuniyatlari o‘rgatiladi

Gidroenergetik inshootlar

Gidroenergetik inshootlar turlari, konstruksiyalari, qo‘llanish sohalari va ulardan foydalanish o‘rgatiladi

Gidromashinalar

Nasoslar, gidroturbinala va gidroturbonasoslar ishlash prinsiplari, konstruksiyalari, qo‘llanish sohalarini o‘rgatadi

Noan’anaviy energiya manbalari

Er yuzidagi umumiy energetik resurslar va ularni baholash, energiya manbalari hamda ularning dunyo mamlakatlarida qo‘llanilayotgan turlari. O‘zbekiston Respublikasida gidroenergetikaning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqboli o‘rgatiladi.

Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidan foydalanish

Gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, irrigatsiya tarmoqlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, daryo o‘zanlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, gidroelektrostansiyalar gidrouzellarini loyihalash va qurish bo‘yicha o‘rgatiladi.

Nasos va gidroelektr stansiyalari

Nasoslar va nasos stansiyalari tanlashda texnik-iqtisodiy taqqoslash, daryo uzanlarida nasos qurilmalari va stansiyalarini loyihalash va qurish;

gidroelektrostansiyalarni tanlashda texnik-iqtisodiy taqqoslash, nasos stansiyalar va gidroelektrostansiyalar gidrouzellarini loyihalash va qurish bo‘yicha o‘rgatiladi.

Suv energiyasidan foydalanish

Gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, irrigatsiya tarmoqlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, daryo o‘zanlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, gidroelektrostansiyalar gidrouzellarini loyihalash va qurish bo‘yicha o‘rgatiladi.

Xizmat ko‘rsatishni boshqarish

Gidroenergetik qurilmalar va uning tarkibiga kiruvchi gidromexanik va gidroenergetik jihozlarni samarali foydalanishni tashkil qilish, murakkab texnik xizmat ko‘rsatishni boshkarish va ularni takomillashtirish. xamda iqtisodiy baxolash o‘rgatiladi.

Minigidroelektroenergetika

O‘zbekiston Respublikasida mini va mikrogidroenergetik qurilmalari ahamiyati va rivojlanishi, hisoblash uslubi, turlari va konstruksiyalari, irrigatsiya tarmoqlaridagi kichik, mini va mikro gidroelektrostansiyalar ishlash prinsiplari, kichik daryo uzanlarida, kanallarda va kollektorlarda gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish usullarini o‘rgatiladi.

 

Magistratuta bosqichida

 

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

Nasos stansiyalari va qurilmalari

Barcha nasoslarni va qurilmalarini turlari, ishlash prinsiplari, konstruksiyalari va qo‘llanish sohalari, nasos stansiyalari turlari, ulardagi gidrotexnik inshootlar, asosiy va yordamchi gidromexanik va gidroenergetik jihozlarni konstruksiyalari, ularni loyiha-lashtirish va foydalanish o‘rgatiladi.

Nasos stansiyalaridan foydalanish va diagnostikasi

Mavjud nasos stansiyalardagi gidrotexnik inshootlar va jihozlardan foydalanish, ularni diagnostika qilish o‘rgatiladi

Gidroenergetik qurilmalar

Gidroenergetik qurilmalar turlari, konstruksiyalari, qo‘llanish sohalari va ulardan foydalanish o‘rgatiladi

Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidan foydalanish

Gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, irrigatsiya tarmoqlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, daryo o‘zanlarida gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish, gidroelektrostansiyalar gidrouzellarini loyihalash va qurish bo‘yicha o‘rgatiladi.

Nasos stansiyalarini loyihalash va nasos qurilmalarini sinash

Nasos stansiyalarini loyihalash, sinash asoslari, nasos stansiya jihozlari va inshootlarini tanlashda texnik-iqtisodiy taqqoslash, sug‘orish nasos stansiyasi texnik loyihasini bajarish, nasos qurilmalarini sinash bo‘yicha o‘rgatiladi.

GES. Nasos stansiyalari

Gidroelektrostansiyalar va nasos stansiyalari sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, loyixalash, qurish, qayta qurish va ishlatish muammolari, gidroelektrostansiyalar va nasos stansiyalarni loyihasi, qurilishi va ekspluatatsiyasi o‘rgatiladi.

Gidroenergetika

Jahon gidroenergetikasining hozirgi holati, muammolari va rivojlantirish yo‘llari, har hil turdagi GEQlarni loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishda nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘rgatiladi.

Kichik kuvvatli GES

Qichiq gidroelektrostansiyalarni loyihasi, qurilishi va ekspluatatsiyasini hisoblash o‘rgatiladi.