To'garaklar

Kafedra qoshida f-m.f.n., dots. Xusanov Q. rahbarligida “Yosh mexaniklar” tugaragi, dots. E.Toshmatov rahbarligida “Yosh dasturchilar” tugaragi faoliyat yuritmoqda. Dots. Q.Xusanov rahbarligidagi “Yosh mexaniklar” to‘garagi universitetning iqtidorli talabalariga mexanika fanining asosiy tushunchalari, mashina-mexanizmlar, mexanik o'zaro ta'sir, mexanizmlarning ishlash tamoyillari va boshqa mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.  Dots. E.Toshmatov rahbarligida “Yosh dasturchilar” tugaragida esa universitetning iqtidorli talabalari bilan mexanika masalalarini zamonaviy “ANSYS” va “Workbench” litsenziyalangan dasturiy taʼminot toʻplamlari yordamida hisoblash usullarini o‘zlashtirishlari uchun “Mexanika va matematik modellashtirish” nomli zamonaviy kompyuterlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan o'quv-laboratoriya xonasida har haftaning chorshanba va juma kunlari qoʻshimcha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

            Murojaat uchun telefon: 71-237-09-81