O'qitiladigan fanlar

O’qitiladigan fanlar

Bakalavriat

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

Gidromelioratsiya ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi

Ushbu fan talabalarga belgilangan ta’lim yunalishlar bakalavrlarining kasbiy faoliyati uchun zarur ma’lumotlar: grunt va boshka qurilish materiallariga ko‘yiladigan texnik va texnologik talablarni; yer ishlarini tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; beton va temir beton, maxsus ishlarni tashkil qilish va ularni mexanizmlar bilan bajarishdagi texnologik jarayonlarni; yirik kanallar va daryo o‘zanlaridagi suvni yig‘uvchi, qabul qilib oluvchi, o‘tkazuvchi, oqimni yo‘naltiruvchi, taqsimlovchi, yetkazib beruvchi kirgoklarni himoyalovchi hamda sizot va boshka suvlarni tizim xududidan chiqarib tashlashga, tabiiy resurslardan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanishga xizmat kiladigan, xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan gidrotexnik va meliorativ inshootlar qurilishida ishlarni tashkil qilish va bajarish texnologiyalarini; suv xo‘jaligi va melioratsiya ob’ektlarini mukammal ishlashini ta’minlashga xizmat kiladigan qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mamlakatimiz, chet el ilg‘or tajribalarini va ilmiy texnika rivojlanishining eng yangi yutuqlarini; mehnat unumdorligini oshirish, qurilish, ta’mirlash va qayta jiqozlash ishlarini smeta baho qiymatini kamaytirish, sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilashning tashkiliy va texnologik asoslarini o‘rgatadi.

2

Gidrotexnika ishlarini bajarish. Suv xo‘jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish

Fan talabalarga suv xo‘jaligi ob’ektlari va inshootlari qurilishini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, ilg‘or texnologik jarayonlarni qo‘llash, barcha turdagi ishlarni kompleks tarzda mexanizatsiyalash masalalarini yechish asoslari, suv xo‘jaligi tizimidagi loyihalash, ishlatish va qurilish korxona va tashkilotlarning tashkiliy strukturasi, ishlarni, qurilishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarishni o‘rgatadi.

3

Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks mexanizatsiyalash

Fan talabalarga irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida kompleks mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarga, qo‘llaniladigan materiallar, zamonaviy meliorsiya, qurilish va maxsus mashinalarga, olmashtiriluvchan ishchi jihozlarga qo‘yiladigan talablarni; sug‘orish, zax qochirish tizimlari ochiq, yopiq, qoplamali, tarmoqlari qurilishi, ta’mirlash va tozalash ishlarini tashkil qilish va texnologiyasini; yomg‘irlatib, tomchilatib, yer ostidan sug‘orish tarmoqlarini qurishda kompleks mexanizatsiyalashgan ish jarayonlarini tashkil qilishni; sug‘oriladigan yerlarni kapital, joriy, ekspluatatsion tekislashni lazer texnologiyali, kompleks mexanizatsiyalashgan bajarish usulida tashkil qilishni; irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ishlarida qurilish yuklarini ortish, tashish, tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashni; sug‘oriladigan yerlarni komleks ta’mirlash ishlarini tashkil qilish va texnologiyasi loyihasini tuzishni; melioratsiya va qurilish mashinalari parki tarkibini belgilash va parkdan foydalanish samaradorligini rivojlantirish orqali ishlar tannarxini kamaytirish, sifatini zamonaviy talablar darajasida ta’minlash, uzluksiz ravishda, ilg‘or tajribalar va ilmiy texnika rivojlanishining eng yangi yutuqlarini o‘rgatadi.

4


Qurilish materiallari

Qurilish materiallarining turlari, xossalari, ishlatilishi va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rgatiladi.

Magistratura

Fanning nomi

Fan haqidaqisqacha ma’lumot

1

Gidrotexnika qurilishida zamonaviy                       texnologiyalar

Fan magistrantlarga barcha turdagi gidrotexnik va meliorativ qurilishi, kompleks ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilish jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari, asbob-uskunalarni qo‘llash asosida ilg‘or ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarini, qurilish ishlarini, tadbiq etishni o‘rgatadi.

2

Loyixalashning xalqaro me’yoriy bazasi

Fanni o‘qitishdan maqsad magistrlarga xalqaro tizimlarga muvofiq loyihalash muammolarini hal qilish prinsiplari va texnologiyalari, zamonaviy materiallardan xalqaro tizimlar bo‘yicha hisoblash va loyihalashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni, olingan nazariy bilimlarni xalqaro tizimlar bo‘yicha tahlil qilish va loyihalashning aniq muammolarini shakllantirish va hal qilish uchun qo‘llashga o‘rgatishdan iborat.

3

Qurilish ishlarini bajarishni zamonaviy texnologiyalari

Fanni o‘qitishdan maqsad magistrantlarda barcha turdagi gidrotexnik va meliorativ qurilishi, kompleks ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilish jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy mashina-mexanizmlar, qurilish materiallari, asbob-uskunalarni qo‘llash asosida ilg‘or ishlab-chiqarish, texnologik jarayonlarini, qurilish ishlarini, tadbiq etish bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.

4

Qurilishda boshqarishni tashkil qilish jarayonlarini modellashtirish

Fanni o‘qitishdan maqsad qurilishda boshqarishni tashkil qilish jarayonlarini modellashtirish usullari, qurilishni boshqarish bo‘yicha asosiy tushunchalar, nazariy konunlar, ilmiy metodlarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbik etish ko‘nikmalarini xosil kilishdan iborat.

5

Qurilishda ilmiy-texnik vazifalarni yechish usullari

Fanni o‘qitishdan maqsad hozirgi bosqichda qurilishda ilm-fan va amaliyotning zamonaviy muammolarini o‘rganishga asoslangan holda, belgilangan ilmiy-texnik muammolarni hal qilish uchun tadqiqot dasturi va uslublarini ishlab chiqish.

6

Qurilishda sifatni boshqarish

Fanni o‘qitishdan maqsad qurilishda sifatni boshqarish texnologiyalari va vositalari to‘g‘risida nazariy bilimlarni va sifatni ta’minlashni tashkiliy-xuquqiy tartibiga rioya qilish amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish.

7

Qurilish buyumlari va konstruksiyalarining resurs-energiya tejamkor texnologiyalari

Fanni o‘qitishdan maqsad qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishda energiya va material resurslarni arsional qo‘llash masalalariga ilmiy va muhandislik yondashishni magistrantlarda shakllantirish.