To'garaklar

To‘garaklar

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasida bakalavriat yo‘nalishida 16 ta talaba ishtirokida olib borilayotgan “Elemento” to‘garagining mazmun va moxiyati.

Fan to‘garagida olib borilayotgan mashg‘ulot mavzularining rejasi kafedra a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va to‘ldirishlar bilan qabul qilindi.

Belgilangan reja asosida har bir o‘qituvchi o‘zi dars olib boradigan guruxlardagi iqtidorli va fanga qizikishi bor talabalar ro‘yxatini shakllantirdi va ular bilan qo‘shimcha shug‘ullandi.

Sentyabr oylarida kafedra dars beradigan guruhlardagi iqtidorli va fanga qiziqishi bo‘lgan talabalarni aniqlash va ularni to‘garakka jalb etish ishlarini olib borildi va har bir ustozga 2 yoki 3 tadan talaba biriktirildi. Yanvar oyiga kelib talabalarning har biriga reja asosida mavzular belgilab berildi. Talabalar mavzu bo‘yicha tayyorlab kelgan ishlarini biriktirilgan ustoziga muntazam ravishda ko‘rsatib, xato kamchiliklarini to‘g‘irlab, fevral oyi boshlarida o‘z guruxlarida bir necha o‘qituvchi qatnashgan xolda prezintatsiya qilishdi. Mavzularni qiziqarli ravishda yoritib bera olgan tabalar belginanib, ilmiy-amaliy anjumanga maqola tayyorlash topshirig‘i berildi va buning uchun talabalarning ustozi mas’ul etib tayinlandi.

To‘garakga mas’ul shaxs: A.E.Urishev murojat uchun tel: 93 572-50-69

To‘garak har dushanba seshanba kunlari soat 8.30-12.50 oralig‘ida B-408 xonada olib boriladi.