Milliy madaniyat mohiyati

2018-yil 21-dekabrda institutning maʼruzalar zalida «Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish“ mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu davra suhbatiga OʻzMTDP Mirzo Ulugʻbek tumani kengashi raisi Nazarov Shukur Nasirovich, Oʻzbekiston ”Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi ”Ayollar qanoti“ yetakchi mutaxassisi Miraliyeva Lola Abdunabiyevna, ”Yoshlar masalalari" yetakchi mutaxassis Poʻlatov Qudratillo Shuhratillo oʻgʻli hamda GTQ va QXM fakultetlarining 1-bosqich talabalari va murabbiylari qatnashdilar.

Davra suhbati “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shundan soʻng talabalar bilan birgalikda savol - javoblar boʻlib oʻtdi.

Institut xotin-qizlar qoʻmitasi Z.Xafizova axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov