Uch sharnirli arka hisobi

Ochiq darslar o‘z mazmun-mohiyati va dolzarb mavzudaligi bilan katta ahamiyat kasb etishi shart. 2019 y. 25 aprel kuni TIQXMMI ning “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.X.Urinov “Qurilish mexanikasi. Inshootlar zilzilabardoshligi” fanidan “Uch sharnirli arka hisobi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazdi. Ushbu ma’ruza darsi “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Gidrotexnika qurilishi” yo‘nalishi 2-kurs 6-,7- guruhlarida tashkil etildi. Ochiq darsda institut kafedralari professor-o‘qituvchilaridan tashqari SamDAQIdan M.Xodjabekov, O‘zFA Mexanika va ISM institutidan F.Adilovlar ham ishtirok etishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov