19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 8-may 2018-yildagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3702-sonli qarori ijrosi boʻyicha ilm-taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” taʼlim yoʻnalishlari va “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish tashxisi” mutaxassisligi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik yoʻl xaritasiga hamda institutimiz rektori iqtisod fanlari doktori, professor, Umurzakov Oʻktam Pardayevichning tashabbuslariga asosan “Oʻzbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi Chirchiq GESida “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi filiali tashkil etilib, ilk bor “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi oʻtkazildi. Unda “Chirchiq GESlar kaskadi” direktori Shodmonov Abdurasul Abdurashidovich va GES injener-xodimlari ishtirok etishdi. Davlat attestatsiya komissiya aʼzolari va Chirchiq GES xodimlari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari ishlab chiqarishning dolzarb muammolarini yechishga qaratilganligini eʼtirof etishib, Z.Jamolova, D.Nishonov, X.Azimov, B.Buvabekov, S.Musayeva, A.Bekibayev, N.Dexkanova, Z.Maxamatdinovlar, yaʼni barcha talabalar aʼloga baholashdi.