Hashar-elga yarashar

Milliy tadqiqot o‘niversitetda o‘tkazilgan Ekologiya kuni munosabati bilan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, texnik xodim va talabalar  o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Hududlar supurildi, chiqindilardan tozalandi va yerlar chopilib gullar ekish uchun tayyor holatga keltirildi. Hasharda ishtirok etayotgan xodimlar va talabalarni kuzatar ekanmiz, ularning chehralarida mamnunlik qiyofasini ko‘rdik.

Universitet matbuot xizmati