TIIM talabalari "Universiada-2016" sport o'yinlari sovrindori bo'ldi

2016 yil 26-29 may kunlari Farg'ona shahrida mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari o'rtasida "Universiada-2016" sport musobaqalari o'tkazildi. Unda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining talabalari ishtirok etishdi. Suv xo'jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish fakultetining 3-kurs talabasi Ochilov Tolib va gidromelioratsiya fakultetining 4-bosqich talabasi Musurmonov Shohrux futbol bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, "Suv resurslarini boshqarish" fakultetining uchinchi kurs talabasi Ismoilov Sunnat 4x100 metrlik musobaqalarda oltin medalni, 100 va 200 metrlik musobaqalarda bronza medalni qo'lga kiritdi.