Helsinki universiteti: To’liq grant va 10 ming yevro yillik stipendiya!

Qayerda: Finlandiya, Helsinki
Kim uchun: Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 12-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: Finlandiyaning Helsinki universiteti 2018-yil kuzgi semestrda boshlanuvchi o’quv yili uchun hujjat qabul qilishni boshladi. Ushbu universitet xalqaro talabalarga bir qancha stipendiyali dasturlarni taqdim etadi.

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan har qanday magistrlik yo’nalishini tanlashi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Helsinki universiteti bir qancha stipendiyali dasturlarni taklif etadi:

  1. To’liq grant – kontrakt puli to’liq qoplanadi va 10 ming yevro yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  2. Kontrakt uchun grant – kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi, stipendiya berilmaydi.
  3. Study grant – yillik 10 ming yevro stipendiya bilan ta’minlanadi, kontrakt puli to’lab berilmaydi.

Eslatma: Kontrakt to’lovi yiliga 13-18 ming yevroni tashkil qiladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

Hujjat topshirish jarayoni:

Yuqorida sanab o’tilgan dasturlardan biriga ariza topshirish Helsinki universitetining ingliz tilida o’qitiladigan magistrlik yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Magistrlik yo’nalishlari va stipendiyali dastur uchun so’ralgan barcha hujjatlar taqdim qilinishi lozim.

Hujjat topshirish bosqichlari:

  1. O’zingiz kerakli bo’lgan magistrlik yo’nalishini tanlang.
  2. Ushbu yo’nalishga qanday qilib hujjat topshirish mumkinligi haqidagi ko’rsatmani o’qib chiqing va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda yuklang.
  3. Bir vaqtning o’zida yuqorida sanab o’tilgan grant dasturlari uchun ham ariza topshiring va so’ralgan hujjatlarni yuklang.
  4. Hammasi tayyor bo’lgach, «Submit» tugmasini bosing.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

TIQXMMI telegram kanaliga qo‘shiling va TIQXMMI hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!