Mangulikka muhrlangan xotira

2019 yil 7 may kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.R.Ro‘ziboev hamda bir guruh iqtidorli talabalar birgalikda Lashkarbegi mahallasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari general - mayor Abdullajon Artikbaev va Musin Irik Xarasovichlarning uylariga mahalla raisi Raximov Shermat bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida Institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar urush ishtirokchilariga taqdim etildi. Ular bilan qiziqarli suhbat bo‘ldi, bu uchrashuv talabalarda juda yaxshi taassurot qoldirdi, tashrifdan fotolavhalar.

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov