Farzandi kamoli yo‘lida

Har bir ota-ona uchun farzandining oliy dargohda o‘qishi, o‘zi qiziqqan sohaning kuchli va salohiyatli o‘g‘lonlaridan bo‘lishi muxim masaladir. Voyaga yetgan farzandini qiziqishi bo‘yicha to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish har bir ota-ona uchun kelajak kafolatidir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at va madaniyat xodimi qiziqchi Valijon Shamshiev ham o‘g‘li Shamsiddinning kompyuter texnologiyalari va kadastr sohasiga qiziqishi tufayli institutimizda 2020-2021 o‘quv yili qabuli uchun tashkil etilgan Konsultatsiya markaziga tashrif buyurdi. Konsultatsiya markazi xodimlari D.Allayorov, X.Shermuxammedov hamda Call center markazi xodimi S.Meliqo‘zievlar Shamsiddinning qiziqish va intilishlarini suhbat davomida o‘rganib institutdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot beridilar.

TIQXMMI matbuot xizmati