Talaba-qizlari o‘rtasida “Rektor kubogi”

1-mart bahorning birinchi kuni Sport – go‘zallik ramzi shiori ostida, joriy yilning 1-5 mart kunlari voleybol bo‘yicha fakultetlararo umum kurs talaba-qizlari o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur musobaqani “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘yicha prorektori prof. R.Choriyev tomonidan kutarinki ruhda barcha fakultet terma jamoalarini bahor bayrami bilan tabriklab, musobaqaga start berildi. O‘z fakultet terma jamoalaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani xotin-qizlarni sport majmuasiga chorlab qolamiz.

“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti M.Norqobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati