Qayerda: Finlandiya, Helsinki
Kim uchun: Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 12-yanvarigacha
Umumiy ma’lumot: Finlandiyaning Helsinki universiteti 2018-yil kuzgi semestrda boshlanuvchi o’quv yili uchun hujjat qabul qilishni boshladi. Ushbu universitet xalqaro talabalarga bir qancha stipendiyali dasturlarni taqdim etadi.
O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan har qanday magistrlik yo’nalishini tanlashi mumkin.
Iqtisodiy ta’minot: Helsinki universiteti bir qancha stipendiyali dasturlarni taklif etadi:
- To’liq grant – kontrakt puli to’liq qoplanadi va 10 ming yevro yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.
- Kontrakt uchun grant – kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi, stipendiya berilmaydi.
- Study grant – yillik 10 ming yevro stipendiya bilan ta’minlanadi, kontrakt puli to’lab berilmaydi.
Eslatma: Kontrakt to’lovi yiliga 13-18 ming yevroni tashkil qiladi.
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Nomzod Helsinki universiteti magistrlik darajasi uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak. Ushbu talablar magistrlik yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Talablar bilan universitet saytiga kirib, kerakli magistrlik yo’nalishini tanlab tanishib chiqish mumkin.
- Nomzod magistrlik yo’nalishiga kontrakt asosida qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod Finlandiya vizasi berilishi uchun hech qanday to’siqqa ega bo’lmasligi kerak.
- Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS yoki TOEFL) ga ega bo’lishi lozim. Ballarga bo’lgan talab magistrlik yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Fin yoki shved tilida o’qimoqchi bo’lganlar ushbu tillarda muloqot qila olishi kerak.
Hujjat topshirish jarayoni:
Yuqorida sanab o’tilgan dasturlardan biriga ariza topshirish Helsinki universitetining ingliz tilida o’qitiladigan magistrlik yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Magistrlik yo’nalishlari va stipendiyali dastur uchun so’ralgan barcha hujjatlar taqdim qilinishi lozim.
Hujjat topshirish bosqichlari:
- O’zingiz kerakli bo’lgan magistrlik yo’nalishini tanlang.
- Ushbu yo’nalishga qanday qilib hujjat topshirish mumkinligi haqidagi ko’rsatmani o’qib chiqing va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda yuklang.
- Bir vaqtning o’zida yuqorida sanab o’tilgan grant dasturlari uchun ham ariza topshiring va so’ralgan hujjatlarni yuklang.
- Hammasi tayyor bo’lgach, «Submit» tugmasini bosing.
Batafsil SHU YERDA tanishing.
TIQXMMI telegram kanaliga qo‘shiling va TIQXMMI hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!