“Gidrotexnika qurilish” fakulteti murabbiylar kengashi raisi hisoboti

2020 yilning 17 iyun' kuni institutda 2019-2020 o‘quv yilida ma'naviy-ma'rifiy va ahloqiy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan “Gidrotexnika qurilishi” fakul'teti murabbiylari kengashi raisi O‘.A.Qaxxarovning hisoboti eshitildi. Mazkur hisobot yig‘ilishida fakul'tet dekan boshchiligida barcha murabbiylar hamda fakul'tetda ta'lim-tarbiyaga mas'ul kishilar ishtirok etishdi. Hisobot yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  R.Q.Choriev,  institut Bosh murabbiysi Z.K.Ismoilova, Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova, Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi A.Berdimurodov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov hamda boshqa fakul'tetlarning bosh murabbiylari ishtiroketdi.

Kun tartibidagi muhokama etilgan masala yakunlanayotgan o‘quv yilida “Gidrotexnika qurilishi” fakul'tetida yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yo‘nalishda qilingan ishlar sarhisobi bo‘ldi. Hisobotda fakul'tet bosh murabbiyi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, pandemiya sharoitida murabbiylarning talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berib o‘tildi.

Hisobot eshitilgandan so‘ng jarayon savol-javob tarzida davom etib, Yoshlarbilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev, institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Berdimurodov, Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizovalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

TIQXMMI matbuot xizmati